Mushukli fortepiano
Mushukli fortepiano (nemischa: Katzenklavier - tarixiy pianino turi, unda torlar oʻrniga jonli mushuklardan foydalanilgan boʻlib, ularning dumlari tugmachalar ostiga tiqib qoʻyilgan boʻlib, har bir klavish bosilganda mushklar ogʻriqdan qichqirishgan.
Tarixi
tahrirIlk bor foydalanish
tahrirMushuk pianinosi hech qachon yaratilgani haqida rasmiy maʼlumot yoʻq. Ushbu asbob Charlz de Kosterning „Tiel Ulenspigel afsonasi“ (1867)da Filipp II ning „oʻyin-kulgi“ dastgohi sifatida tilga olingan, keyin — fransuz yozuvchisi Jan-Baptiste Vekerlen (1821—1910)ning (Musiciana, extraits d’ouvrages rare ou bizarre 1887) asarida aristokratiyaning shafqatsizlik belgilaridan biri sifatida tanqid qilingan.
Yangi dizayn
tahrirA. Kircher pianino dizaynini ishlab chiqgan[1].
Oʻsha davrning boshqa yirik olimlaridan Michael Valentini uni taʼrif bergan[2].
J.B. Vekerlenning taʼkidlashicha, pianino 1753-yilda Sen-Jermen-en-Layeda va 1773-yilda Pragada ishlatilgan.
Tuzulishi
tahrirA. Kircher tomonidan tasvirlangan mushuk pianinosi bir-biriga mahkamlangan mushuklar zanjiridan (7-9) iborat boʻlib, ularning dumlari klaviatura ostiga qistirilgan. Turli ovoz temberiga ega boʻlgan mushuklar maxsus yaratilgan kataklarga joylashtirilgan. Mushuk dumlarni klaviatura ostiga qistirilgani uchun, klaviaturani bosganda ogʻriqdan qichqirishgan.
Tibbiyotdagi oʻrni
tahrirPianinodan ilk bora tibbiyotda Kirxer melanxoliya kasalligini davolashda foydalangan.
Pianinoni nemis shifokori J. X. Raylem U diqqatini jamlash qobiliyatini yoʻqotgan „doimiy oʻychanlik“ bilan ogʻrigan bemorlarni davolash uchun foydalanishni maqsad qilgan. Agar bemorlar pianino vozini tinglashga majbur boʻlishsa, bu muqarrar ravishda ularnig eʼtiborni tortadi va ular tuzalib ketishlariga ishongan. Bemorlar pianinoga qarab oʻtirishga majbur boʻlishgan. Biroq, amalda xech kim shifo topmagan.
Shunga qaramay, uning gʻoyasi aholi qatlamiga taʼsir qilgan. Birinchidan, bu ruhiy kasallarga boʻlgan munosabatning tubdan oʻzgarishiga sabab boʻlgan. Avvalgi masxara va shafqatsizlik oʻrniga ibtidoiy psixoterapiya davri boshlangan. Ikkinchidan Germaniyada Sonnenshteyn ruhiy kasalliklar shifoxonasiga oʻxshash muassasalar ochila boshlagan.
Zamonaviy madaniyatda aks ettirilishi
tahrirMushuk pianinosi Charlz de Kosterning „Til Ulenspigel va Lamm Gudzak afsonasi“ romanida esga olingan.
Rejissyor Terry Gilliam (shuningdek Monty Python truppasining sobiq aʼzosi) tomonidan suratga olingan „Baron Myunxauzenning sarguzashtlari“ (1988) badiiy filmida turk sultoni baron Myunxauzenning qafasdagi mahbuslar bilan musiqa asbobini chalayotganini koʻrsatgan. Turli xil qiynoq asboblari mahbuslarning ogʻrigʻiga sabab boʻlgan va ular ogʻriqdan baqirishgan.
Bibliografiya
tahrir- Хуан Кристоваль Кальвет де Эстрелла.. El Felicisimo Viaje d'el Muy Alto y Muy poderoso Principe Don Phelippe («Счастливейшее путешествие высочайшего и великолепнейшего принца господина Филиппа»), Антверпен, 1552.
- Скотт Г.. Magia Naturalis («Естественная магия»), 1657.
- Champfleury. Les Chats («Кошки»), 1870.
- Веккерлин Ж.-Б.. Musiciana, extraits d’ouvrages rare ou bizarre («Музициана, отрывки из сочинения о редких или странных изобретениях»), 1887.
Manbalar
tahrir- ↑ „Кошачье фортепиано“. 5-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-avgust 2010-yil.
- ↑ Ванесса Агнью. Enlightenment Orpheus: the power of music in other worlds («Просвещение Орфея: сила музыки в других мирах»). Оксфорд: Oxford University Press, 2008 — 157—158-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |