Mustaqillik davrida muzey ishining takomillashuvi
Mustaqillik davrida muzey ishining takomillashuvi. 0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng muzey va muzeyshunoslik ishiga davlat siyosati darajasida e’tibor berila boshlandi. Prezident Farmoni, Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari, «0‘zbekmuzey» tashkilotining ta’sis etilishi, «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishini alohida e’tirof etish kerak. Jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo'llashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi Farmoni qabul qilindi Ushbu hujjat 0‘zbekistondagi muzeylar faoliyatida burilish nuqtasi boiib, ulaming tarixida yangi davr boshlanganini anglatadi. Mustaqillik davrida muzeyshunoslik va muzey ishiga oid dastlabki maxsus hujjat 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1994-yil 23-dekabrda qabul qilindi. Albatta, bu hujjat o‘z davri uchim muhim ahamiyat kasb etdi. Unda respublika muzeylarining vazifalari, istiqbollari belgilab berildi. Hujjatda 0‘zbekiston muzey boyliklari fondi to‘g‘risidagi Nizom ni, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy-madaniy boyliklami ro‘yxatga olish, jamlash va saqlash tartibi to‘g‘risida yo'riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlatish ko‘zda tutildi, 0‘zbekiston Respubiikasidagi muzeylar ishining yagona tizimini vujudga keltirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy yordam ko‘rsatish uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markaziy apparati taikibida uchta xodimdan iborat Muzey ishlari bosh boshqarmasini tuzish ko‘zda tutildi.[1]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Tarixiy o'lkashunoslik Ochildiyev F B Toshkent "Donishmand ziyosi" 2020