Musulmon Namoz
Musulmon Namoz — 1962-yili Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi Fayzova qishlogʻida tavallud topgan. U Oʻzbekiston Milliy universiteti (avvalgi ToshDU)ning Oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan[1]. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Oʻzbek tili va adabiyoti instituti, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, „Vatan“, „Temiryoʻlchi“ gazetasi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligida turli vazifalarda ishlagan. Hozirgi vaqtda „Maʼnaviy hayot“ jurnalida boʻlim muharriri sifatida faoliyat yuritish bilan birga, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talabalarga saboq berib kelmoqda. Musulmon Namozning 2010-yilda „Yulduzlar shamoli“, 2018-yilda „Bahouddin Naqshband“ asarlari chop etilgan. Shuningdek, u bir qator qissa, esse va adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |