Mutare tumani bu - Zimbabve sharqidagi Manicaland viloyatida joylashgan tuman hisoblanadi. Hududning shtab-qarorgohi Mutare shahridir.

Manicaland viloyati tumanlarining xaritasi
Mutare tumani Zimbabve sharqiy chegarasida joylashgan (xaritani kengaytirish uchun bosing)

Geografiyasi

tahrir

Hududning tarkibidagi qishloq maydoni 5,523 km2 va shahar maydoni esa 191 km2 ni tashkil etadii. Mazkur hudud sharqda Mozambik, shimoli-sharqda Mutasa tumani, shimoli – gʻarbda Makoni tumani, janubi-gʻarbda Buhera tumani hamda janubi-sharqda Chimanimani tumani bilan chegaralangan.

Mutare shahri viloyatning shimoli-sharqiy burchagida, Mozambik davlatining chegarasiga yaqin joylashgan. Mutare – bu tumanning eng yirik shahri hisobanadi va ushbu shahar Zimbabvedagi toʻrtinchi oʻrinda turuvchi yirik shahardir. Boshqa shaharlar Chiadzwa va Odzini oʻz ichiga oladi.

Aholisi

tahrir

2022-yilda roʻyxatga olingan hisob-kitobga koʻra tumanning qishloq joylarida aholi soni 306 ming 760 kishiga teng. Xuddi shu vaqtda Mutare shaharining aholisi esa 224 802 kishini tashkil etgan[1].

Transporti

tahrir

Harare shahridan Mozambikadagi Beira portigacha boʻlgan yoʻl (R5, yoki eski raqamlash tizimida A3) hisoblanib, asosan sharqiy-gʻarbiy yoʻl Mutare tumanidan oʻtib, xalqaro chegaralar Mutare shahrining sharqini kesib oʻtadi.

Beira-Bulawayo temir yoʻli oʻz temir yoʻl stansiyasiga ega boʻlib, mazkur temir yoʻl ham Mutare shahri orqali oʻtadi.

Manbalar

tahrir
  1. Citypopulation.de Population of provinces and districts in Zimbabwe