AKKOMODATSIYA (lot. accomodatio – muvofiqlashuv) Yonma-yon kelgan undosh va unli tovushlar artikulyatsiyasining bir-biriga uygʻunlashuvi. Masalan, i, u unlilari k, g undoshlari bilan yondosh kelganda, ularga moslashib, oldingi qator unli sifatida talaffuz etiladi: kiyik, sigir, bugun, gul. Xuddi shu unlilar chuqur til orqa q, gʻ undoshlari bilan yondosh kelganda, ularga moslashib, maʼlum darajada til orqa unlisi kabi talaffuz etiladi: qiyin, quyuq, gʻujum, gʻijim va b.