Muxtabar Akbarovna Xusanova (tugʻ. 19-fevral 1983-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, huquqshunosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1][2]. Korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq qoʻmitasi aʼzosi. Oʻzbekiston demokratik partiyasi „Milliy tiklanish“ fraksiyasi[3].

Muxtabar Xusanova
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-fevral 1983-yil (1983-02-19) (41 yosh)
Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiya aʼzosi
Maʼlumoti Toshkent davlat yuridik universiteti

Hayoti

tahrir

Muxtabar Xusanova 19-fevral 1983-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutining huquqshunoslik ixtisosligi boʻyicha oliy maʼlumotni tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi[4]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Yagona axborot-tahlil guruhida yetakchi ilmiy xodim sifatida ish boshladi. 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Hokimiyatning vakillik organlari va koʻppartiyaviylik tizimini rivojlantirish masalalarini oʻrganish boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi lavozimida ishlagan. 2012—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining Hokimiyatning vakillik organlari va koʻppartiyaviylik tizimini rivojlantirish masalalarini oʻrganish boʻlimi bosh ilmiy xodimi. 2015-yilda Muxtabar Akbarovna Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha deputati lavozimiga tayinlangan[5].

Mukofotlar

tahrir

2002-yilda Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori boʻldi. „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ va „Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishonlari bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir