Muxtor Beshchonovich Doschonov (1909.1.1, Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyati Burtin tumani — 1975.24.5, Toshkent) — injener-meliorator-oʻrmonshunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1965), professor (1966). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi ni mexanizatsiyalash injenerlari institutini tamomlagan (1936). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida dotsent, oʻrmonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri (1949—67), Oʻrta Osiyo oʻrmonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1967—73). 1973-yildan Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri. Ilmiy asarlari Oʻzbekistonning togʻ yon bagirlarida tuproq eroziyey va sel oqimlariga qarshi kurash, agrooʻrmon melioratsiyasi masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar

tahrir
  • Regulirovaniye selevix potokov v ruslax gornix rek Oʻzbekistana, T., 1944; Vliyaniya terrasirovaniya i oblesneniya gornix sklonov na poverxnostniy stok, T., 1965.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil