Rasulov Muxtor (1922.25.12, Fargʻona shahri) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), iqtisod fanlari doktori (1975), professor (1976). Toshkent moliyaiqtisod institutini tugatgan (1951). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Oʻrta Osiyo universitetida oʻqituvchi, dotsent, professor va kafedra mudiri (1951—61). Samarqand kooperativ instituti rektori (196169), Fargʻona universiteti prorektori (1969—73), Toshkent universitetida kafedra mudiri (1974—2000). 2000-yildan Toshkent iqtisodiyot universiteti savdo menejmenti kafedrasida professor Ilmiy ishlari Oʻzbekistondagi savdo tarixi, kooperativ harakati tarixi, kooperativ savdo iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyoti va boshqa masalalarga bagʻishlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • Kooperativ savdo iqtisodiyoti, T., 1966; Bozor iqtisodiyoti asoslari, T., 1999, Bozorni ijtimoiy himoyalash, T., 2003.