Muzlatkich
Muzlatkich maishiy texnika vositasi boʻlib, oʻz ichidagi mahsulotlarni tashqi sharoit va haroratdan saqlaydi. Muzlatkich termoizolatsiyalangan javon va mexanik, elektr yoki kimyoviy issiqlik nasosidan iborat. Nasos javondan issiqlikni tashqariga siqib chiqaradi, natijada javon ichi atrof-muhitdan sovuqroq ushlab turiladi. Sovutish oziq-ovqatni uzoq saqlash va unda bakteriyalar koʻpayishining oldini olish uchun zarur.
Muzlatkich javoni ikki qismga ajratiladi. Yuqoridagi qism muzxona deyiladi, u yerda harorat −10 °C (kuchli muzlatgichlarda −30 °C) dan 0 °C gacha ushlanadi. Muzxona ostidagi boʻlimda esa harorat suv muzlash nuqtasidan ozgina yuqori harorat saqlanadi. Aksariyat taom mahsulotlarini saqlash uchun optimal harorat +3 dan +5 °C gachadi[1].
Muzlatkich nisbatan zamonaviy ixtirodir. Muzlatkich yaratilganiga qadar oziq-ovqat mahsulotlari zax yertoʻlalarda saqlanardi.
Manbalar
tahrir- ↑ arxiv nusxasi, 2009-01-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-01-04
Havolalar
tahrir- Muzlatkichlar tarixi (Wayback Machine saytida 2006-08-14 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2006-08-14 sanasida arxivlangan) (ingl.)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |