Mass
(Myozdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mass, Myoz (fransuzcha: Meuse) — Fransiya, Belgiya va Niderlandiyadagi daryo. Uzunligi 925 km, havzasining maydoni 36 ming km². Ardenna togʻlaridan boshlanib, Oʻrta Yevropa tekisligidan oqadi va Reyn daryosi deltasining janubiy tarmogʻiga quyiladi. Qor va yomgʻir suvidan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 300-400 m³/sek. Qish va bahorda toʻlib oqadi. Yuqori qismidan boshlab kema qatnaydi, kanallar orqali Shelda, Sena, Reyn va boshqa daryolar bilan bogʻlangan. Mass boʻyida Verden (Fransiya), Namyur, Lyej (Belgiya), Maastrixt (Niderlandiya) shaharlari joylashgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |