Myrcella Baratheon
Myrcella Baratheon amerikalik yozuvchi George R. R. Martinning Muz va olov qoʻshigʻi nomli fantastik romani va ushbu roman asosida suratga olingan „Taxtlar oʻyini“ teleserialidagi xayoliy qahramon. Myrcellaning xarakteri, boshqa qahramonlar bilan munosabatlari va voqealarga taʼsiri kitob va serial oʻrtasida sezilarli darajada farq qiladi[1]. Myrcella obrazi ilk bor 1996-yilda chiqarilgan „Taxtlar oʻyini“ asarida koʻrinish bergan. Myrcella ushbu asarda Westeroslik boʻlgan Cersei Lannisterning yagona qizi boʻlgan. Keyinchalik bu qahramon George R. R. Martinning „A Clash of Kings“ (1998) va „A Feast for Crows“ (2005) asarlarida ham koʻrinish bergan. HBO tomonidan yaratilgan serialning dastlabki ikki mavsumida Myrcella rolini irlandiyalik aktrisa Aimee Richardson, beshinchi va oltinchi mavsumlarida esa ingliz aktrisasi Nell Tiger Free oʻynagan.
Myrcella Baratheon | |
---|---|
Taxtlar oʻyini obrazi | |
Muallif(lar) | George R. R. Martin |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mansubligi | |
Oilasi |
|
Obrazi
tahrirMyrcella Baratheon „Muz va olov qoʻshigʻi“ asarida bosh qahramonlardan biri boʻlmagani sababli, kitobxon u haqida boshqa qahramonlarning, masalan, uning amakisi Tyrion Lannisterning, tariflari orqali maʼlumot oladi. U kitoblarda ikkinchi darajali qahramon hisoblanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Wigler, Josh. „'Game of Thrones': How Dorne Story Completely Diverges From the Books“ (2016-yil 26-aprel).