Myrmēkion yoki Myrmecium (qadimgi yunoncha: Μυρμήκιον, ruscha: Mirmekiy) Qrimdagi qadimgi yunon mustamlakasi edi. Bu manzilgoh hozirgi Kerch shahrining sharqiy qismida, qadimgi Pantikapeydan 4 km shimoli-sharqda, Kerch qoʻltigʻi sohilida, Karantinny burni yaqinida joylashgan edi. Manzilgoh miletliklar tomonidan miloddan avvalgi VI asrning birinchi yarmida asos solingan[1].

Myrmekion

Strabonning soʻzlariga koʻra, Myrmēkion Panticapeum shahridan 20 stadiya (3.6 km) Partenydan esa 40 stadiya (7.2 km) uzoqlikda joylashgan[2]. Shuningdek, Myrmēkion shahrining qarshisida Axilleum shahri va Myrmēkion deb atalgan buloq ham boʻlgan[3].

Myrmēkion shahri hozirgi Yeni-Kale joylashgan hududda boʻlgan va u yerdan koʻplab qadimiy yodgorliklar topilgan[3][4].

Miloddan avvalgi V asrda shahar vinochilik bilan shugʻullanishga ixtisoslashgan va oʻz tangalarini zarb eta boshlagan. Myrmēkion shahri taxminan 2,5 metr qalinlikdagi minorali devorlar bilan oʻrab olingan edi. Miloddan avvalgi IV asrda Myrmēkion Bospor podshohlarining qoʻliga oʻtdi va asta-sekin ularning poytaxti Pantikapey soyasida oʻz ahamiyatini yoʻqota boshladi.

1834-yilda Mirmekiy shahar xarobasida birinchi yirik kashfiyot ikkita marmar sarkofag topildi[5][6]. 1934-yilda V. F. Gaydukevich boshchiligidagi ekspeditsiya tomonidan qazishmalar olib borilgan. 1950-yillarda bu joyda Kazimierz Mixalovski boshchiligidagi polyak arxeologlari qazish ishlarini olib bordilar. 1982-1994-yillar oraligʻida Yu. A. Vinogradov rahbarligidagi ekspeditsiya bu hududda tadqiqotlar oʻtkazdi. 1999-yilda esa Davlat Ermitaj muzeyi arxeologik ekspeditsiyasi bu joyda oʻz ishini boshladi. 2022-yilning 20-avgustida Aleksandr Butyagin boshchiligida Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 30 ta oltin tanga topildi[7]. Ushbu topilma Bospor podsholigi davridagi eng yirik oltin tangalar xazinasi hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. Myrmekion
  2. Strabo, Geography, 7.4
  3. 3,0 3,1 Dictionary of Greek and Roman Geography (1854), Myrmecium
  4. Strabo, Geography, note 24
  5. Бутягин А. М., Виноградов Ю. А. „История исследования городища“. Myrmekion.ru. Мирмекийская археологическая экспедиция. 2019-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  6. Вахонеев В. В. „Исследователи Мирмекия“. Myrmekion.ru. Мирмекийская археологическая экспедиция. 2020-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  7. „В Керчи нашли уникальный клад золотых монет эпохи Александра Македонского“. 2024-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 7-aprel.

Havolalar

tahrir