Nizomiddin Maxmudov
Nizomiddin Mamadaliyevich Maxmudov (1951 yilda tugʻilgan) — filologiya fanlari doktori, professor, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻzbek kafedrasining sobiq mudiri. Hozirda OʻzR FA Alisher Navoiy nomli Til va adabiyot instituti direktori. Tilshunoslik adabiyotshunoslik, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha izlanishlar olib borgan. Nashr etilgan 300 ga yaqin asarlarining qirqdan ortigʻi alohida kitoblardir. Bir qator ilmiy ishlari AQSH, Turkiya, Ozarbayjon, kabi xorijiy malakatlarda chop etilgan.
„Soʻz estetikasi“(1981), „Oʻzbek tilidagi sodda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya“ (1984), „Gapda forma va mazmun“(1984), „Oʻzbek tilda ish yuritish“(1990), „Oʻzbek tilini oʻrganamiz. Rasmli lugʻat“(1991), „Til va madaniyat“(1992), „Oʻzbek tilining mazmuniy sintaktikasi“(1992), „Turkcha-oʻzbekcha, oʻzbekcha-turkcha lugʻat“(Toshkent,1993; Anqara,1998),Oʻzbek tilining nazariy gramatikasi. Sintaksis"(1995), „Oʻzimiz va tilimiz“(1997), „Til“(1998), „Maʼrifat manzaralari“(1999), „Komillik kaliti. Maʼnaviyatdan oʻzbekcha-ruscha-ingilizcha lugʻat“(1999, 2006), „Oʻqituvchi nutqi madaniyati“(2009), „Tilimizning tilla sandigʻi“(2011) kabi kitoblar shuningdek, oʻrta maktablarning V-IX sinflari uchun „Ona tili“ dasrliklari muallifidir. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
N. Y.M
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |