NASA (yoyilishi: National Aeronautics and Space Administration, tarjimasi: Milliy Aeronavtika va Fazo Maʼmuriyati) AQSh hukumatining ijroiya tashkilotlaridan biri boʻlib, Qoʻshma Shtatlarning fuqaro aviatsiyasi, fazoviy dasturlari va aeronavtik tadqiqotlarini olib boradi. 2006-yil fevralidan NASA vazifasi fazoviy, ilmiy va aeronavtik tadqiqotlar olib borish, deb belgilandi.[1]

Milliy Aeronavtika va Fazo Maʼmuriyati
National Aeronautics and Space Administration
Maqomi Hukumat tashkiloti
Maqsadi Fazo tadqiqoti
Aeronavtika
Fan
Ishga tushgan sanasi 29-iyul, 1958
Joylashuvi Vashington, AQSh
 USA Charles Bolden
Vebsayti www.nasa.gov

NASA 1958-yili 29-iyulda Milliy Aeronavtika va Fazo Akti qabul qilinishi sababli tuzilgan. Ungacha bu kabi ishlar bilan NACA (National Advisory Committee for Aeronautics) shugʻullanar edi. Tashkilot 1958-yil 1-oktabridan ishga tushdi.[2][3] Shu vaqtgacha NASA Amerikaning fazoviy tadqiqotlari, jumladan, Oyga parvoz, Skylab fazoviy stansiyasi, Space Shuttle loyihalari ustida muvaffaqiyatli ishladi. Hozirda NASA Xalqaro Fazoviy Stansiya ishini taʼminlamoqda, Orion loyihasi ustida ishlamoqda.

NASA'ning ilmiy boʻlimi Yer sayyorasini oʻrganadi, buning uchun u Earth Observing System tizimini qurgan,[4] shuningdek boʻlim Quyosh fizikasi sohasida ishlar olib boradi,[5] Quyosh tizimi jismlarini robotik ravishda tadqiq etadi,[6] umuman, astrofizikaga bogʻliq ishlar bilan shugʻullanadi.[7]

Manbalar tahrir

  1. „What Does NASA Do?“. NASA (2005). 1-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2007-yil.
  2. NASA. „The National Aeronautics and Space Act“. NASA (2005). Qaraldi: 29-avgust 2007-yil.
  3. FROM NACA TO NASA
  4. Netting, Ruth „Earth – NASA Science“ (30-iyun 2009-yil). 16-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-07-16 sanasida arxivlangan)
  5. Netting, Ruth „Heliophysics – NASA Science“ (8-yanvar 2009-yil). 16-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-07-16 sanasida arxivlangan)
  6. Netting, Ruth „Planets – NASA Science“ (8-yanvar 2009-yil). 20-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2011-06-20 sanasida arxivlangan)
  7. Netting, Ruth „Astrophysics – NASA Science“ (13-iyul 2009-yil). 16-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2009-yil. (Wayback Machine saytida 2009-07-16 sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir