Yangi umumiy katalog

(NGCdan yoʻnaltirildi)

Tumanlik va Yulduz Klasterlari Yangi Umumiy Katalogi (inglizcha: New General Catalogue of Nebulae and Clusters of Stars; qisqartmasi — NGC) osmon jismlari jamlangan astronomik katalogdir. 1888-yili John Louis Emil Dreyer tomonidan John Herschelning Tumanlik va Yulduz Klasterlari Katalogi davomi sifatida boshlangan. NGC oʻz ichiga 7840 obyektni oladi, ular NGC obyektlari deyiladi. U eng katta batafsil kataloglardan biridir, unda yulduzlardan tortib to galaktikalargacha yoritilgan. Dreyer keyinchalik NGC ga qoʻshimcha qilib Indeks Kataloglari (inglizcha: Index Catalogues; qisqartmasi — IC) ni chop etdi. Ulardan biri 1895-yili nashr qilinib, 1520 obyektni, ikkinchisi esa 1908-yili bosilib, 3866 obyektni, jami 5386 IC obyektlarini oʻz ichiga olgan.

NGC 3982 spiral galaktikasi.

Janubiy yarimshardagi obyektlar oʻsha paytda nisbatan kam oʻrganilgani uchun NGC da batafsil yoritilmagan. Katalogning yangi, toʻldirilgan variantlari — Qayta Tekshirilgan Yangi Umumiy Katalog (inglizcha: Revised New General Catalogue; qisqartmasi — RNGC) 1973-yili Sulentic va Tifft tomonidan, NGC2000.0 esa 1988-yili Sinnott tomonidan boshlangan.

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir