Tursun Xoʻjayevich Najmiddinov

Tursun Xoʻjayevich Najmiddinov (1901.15.12 — Toshkent —1972.14.3) — infeksionist olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), tibbiyot fanlari doktori (1944), professor (1944). Oʻrta Osiyo universiteti tibbiyot fakultetini tugatgach (1928), shu universitet tropik kasalliklar kafedrasi ordinatori, assistenti, dotsenti (1928— 32), Toshkent tibbiyot akademiyasi infeksion va tropik kasalliklar kafedrasi mudiri (1953— 70), 1971-yildan ilmiy konsultant. Asosiy ilmiy ishlari bezgak, brutsellyoz, gelmintoz, leyshmanioz, rishta, oʻlat, tif va paratif hamda epidemik gepatit kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolashga oid. Toshkent shahridagi olim yashagan kucha, 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi infeksion va tropik kasalliklar kafedrasi N. nomi bilan ataladi.

Manbalar tahrir

  • Kratkoye rukovodstvo po vnutrennim i tropicheskim boleznyam, T., 1939; Klinika zatyajnoy malyarii v Sredney Azii, T., 1943; Lecheniya malyarii sinteticheskimi preparatami, T., 1950.