Nam Gyu-ri (1984-yil 26-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U „SeeYa“ koreys ayollar uchligining sardori edi. 2009-yilda Nam Gyu-ri guruh boshqaruv kompaniyasi bilan shartnoma boʻyicha kelishmovchiliklarga duch kelgan va guruhni tark etgan[1]. Nam shuningdek,, „Death Bell“ filmida va „49 Days“ dramasida rol ijro etgan.

Nam Gyu-ri
Tavalludi
Nam Mi-jeong

26-aprel 1984-yil (1984-04-26) (40 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi qoʻshiqchi, aktrisa
Faoliyat yillari 2006-hozirgacha

Faoliyati

tahrir

Nam Janubiy Koreyaning Seul shahrida tugʻilgan. Kyunghee universitetini teatr va kino boʻyicha (teatr va kino fakulteti) tamomlagan.

2009-yil aprel oyida „SeeYa“ guruhining boshqaruv kompaniyasi „Core Contents Media“ Nam Gyu-ri „SeeYa“ aʼzosi sifatida oʻz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortib, shartnoma shartlarini buzganligini eʼlon qilgan; kompaniya, Namga qarshi qonuniy choralar koʻrishini aytgan[2]. Keyinchalik kompaniya uning qaytishini maʼlum qilgan boʻlsa-da, oxir-oqibat muammolarni toʻliq hal qilib boʻlmasligi maʼlum boʻlgan va Nam yana guruhdan ketgan. Guruhni tark etib, Nam oʻz advokatlari orqali „SeeYa“ga qaytish „mumkin emasligini“ aytgan. Bayonotda Nam uning ketishiga qoʻshiqchilikdan koʻra aktyorlik faoliyati koʻproq qiziqtirgani sabab boʻlganini eʼlon qilgan. Ikkala yoʻlni ham davom ettirishning iloji boʻlmagani uchun u guruh bilan ishlashni toʻxtatishga qaror qilgan.

2011-yilda Nam guruhning yakuniy albomini reklama qilish paytida vaqtincha „SeeYa“ga qaytgan. „SeeYa“ 2011-yil 30-yanvarda rasman tarqatib yuborilgan. 

2014-yilda Nam Janubiy Koreyaning eng mashhur isteʼdod agentliklaridan biri „SidusHQ“ bilan shartnoma imzolagan[3]

2022-yil may oyida Nam sobiq agentligi bilan shartnomasi tugaganidan keyin „My Company“ bilan shartnoma imzoladi[4].

Manbalar

tahrir