Nammi 01 (Nano 01) — Xitoyning yirik avtomobilsozlik kompaniyalaridan biri hisoblangan Dongfeng kompaniyasiga qarashli Nammi subbrendi tomonidan ishlab chiqarilgan[2] subixcham hechbek.

Nammi 01

2023-yil Guangjou avtosalondagi taqdimot
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Dongfeng
Boshqa nomlari Nano 01[1]
Model yili 2024
Tasnifi
Segment B
Platformasi Dongfeng S3
Kuch moslamalari
Quvvati 120 kVt (163 ot kuchi)
Yuqori tezligi 140 km/s
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 2,660 mm (104.7 in)
Uzunligi 4,030 mm (158.7 in)
Kengligi 1,570 mm (61.8 in)
Balandligi 1,810 mm (71.3 in)
Yukxonahajmi 945 l
Eksteryer
Kuzov turi hetchback
Oʻrindiqlar soni 5
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Smart #1
Citroen C3

Tarixi

tahrir

Dongfeng Nammi 01 elektromobili ekspressiv dizaynga ega ixcham B sinfidagi xetchbekdir[3]. Elektromobil 2023-yilning 17-noyabr kuni, 21-Guanchjou avtosalonining birinchi ish kunida, Nammi 01 elektromobili oldindan buyurtma qilish jarayoni boshlandi. Elektromobil narxi 79 800 dan 109 800 yuan gacha (11 000—15 200 AQSh dollari) narx oraligʻida taklif qilindi[4]. Nammi – Dongfeng kompaniyasining yangi avtomobili brendi boʻlib, kompaniya kichik elektromobillarga ham oʻz eʼtibor qaratib, 2025-yilga kelib ushbu modeldan yillik 400 000 dona sotishni rejalashtirgan[5]. Avtomobilning yanz bir nomi „Dongfeng Nano 01“ deb nomlanadi.

Yangi elektr arxitekturasi asosida qurilgan kichik elektr avtomobil sifatida taqdim etilgan elektromobilning tomi va korpus qismi turli ranglarda ishlangan. Avtomobil toʻrt eshikli qilib ishlangan va yashirin eshik tutqichlari bilan jihozlangan[1][6].

Nammi 01 tez zaryadlash funksiyasi va avtomatik toʻxtash funksiyasiga ega L2 aqlli parkovka qilish tizimi bilan jihozlangan[1][6].

Texnik koʻrsatkichlari

tahrir

Nammi 01 Dongfeng S3 platformasi asosida qurilgan birinchi model boʻlib, uzunligi 4030 mm boʻyi 1810 mm va kengligi 1570 mm hamda gʻildirak bazasi 2660 mm ni tashkil qiladi. Uning umumiy shakli yumaloq, ixcham va yoqimli boʻlib, uchburchak faralar, dumaloq orqa chiroqlar, yashirin eshik tutqichlari va romsiz old eshiklari bilan kichik EV lar dizayniga juda mos keladi[5].

Nammi 01 maksimal quvvati 120 kVt (163 ot kuchi) ni tashkil qiladi. Elektromobil 300 va 400 kilometr masofani bosib oʻtadi va batareyalarni zaryadlash atigi sakkiz daqiqa davom etadi hamda yana 200 km masofani bosib oʻtish imkonini beradi[7].

Nammi 01 old gʻildiraklari tortuvchi hisoblanadi. Elektromobil ikkita variantida taklif qilinadi: 330 km va 430 km masofa bosib oʻtuvchi va mos ravishda 31,45 kVt/soat va 42,3 kVt/soat sigʻimli litiy-temir fosfat batareyalari bilan jihozlangan. Elektr dvigatelining maksimal quvvati 70 kVt, avtomobil maksimal tezligi esa 140 km/soat ni tashkil qiladi. Xitoy MIIT tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, atigi sakkiz daqiqa zaryadlash bilan 200 km masofani bosib oʻta oladigan 400V tez zaryadlash tizimi ham mavjud[5]. Elektromobilga 17 dyuymli quyma diskli gʻildiraklar oʻrnatilgan[3].

Interyeri

tahrir

Asboblar paneli 5 dyuymli ekran va 12,8 dyuymli markaziy boshqaruv ekrani bilan jihozlangan. Konsolda hech qanday bosish tugmalar mavjud emas. Mashina ikki spitsali rul, shuningdek, eng samarali boshqaruv uchun ovozli buyruqlarni taniy oladigan aqlli kabina bilan jihozlangan. Mashinada yaxshiroq uxlash imkonini beruvchi old oʻrindiqlarni gorizontal holatga keltirish imkoniyati mavjud[6][1].

Salon qismi qora va oq charm bilan bezatilgan, old panelda va eshik panellari ham charm bilan qoplangan. Orqa oʻrindiq buklanganda, yukxona hajmi 945 litrgacha yetishi mumkin[8].

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

  DFSK NAMMI NANO 01(xit.)

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Костин, Евгений „Дебютировал новый компактный электрокар Dongfeng Nano 01“ (ru). rg.ru (2023-yil 24-avgust). Qaraldi: 14-noyabr.
  2. Андрей Ежов, Андрей Ежов „Электрохэтч Nammi 01 от Dongfeng будет стоить в Европе меньше, чем Citroen e-C3“ (ru). kolesa.ru (2023-yil 28-noyabr). Qaraldi: 14-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  3. 3,0 3,1 Брязгунов, Тарас „В Китае показали первый в мире электрокар с инновационной твердотельной батареей (фото)“ (ru). focus.ua (2023-yil 24-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-noyabr.
  4. „DongFeng официально презентовал технологичный автомобиль за $11 тысяч“. repost.uz (2023-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-noyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Dongfeng Nammi 01 EV with 430 km range pre-sale starts at 11,000 USD in China“ (en) (2023-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-noyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Пока Tesla изобретает машину за $25 000, в Китае всё больше современных авто более чем вдвое дешевле. Представлен Dongfeng Nano 01“ (ru). ixbt.com. Qaraldi: 14-noyabr.
  7. „Новый электрокар Dongfeng Nano 01: инновационный, компактный и стильный“ (ru). zr.ru (2023-yil 27-avgust). Qaraldi: 2024-yil 14-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  8. „В Китае стал доступен для заказа электрохэтч Nammi 01 за миллион рублей“. auto.ru (14-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 14-noyabr.[sayt ishlamaydi]