Namozgoh masjidi (Toshkent)
Namozgoh masjidi — Toshkent shahri Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Hazrati Imom majmuasi tarkibiga kiruvchi masjid. Hayit bayramlarida namoz oʻqish uchun qurilgan masjidlardan biri. Qaffol Shoshiy maqbarasidan 40 m uzoqda joylashgan[1].
Namozgoh masjidi | |
---|---|
Joylashuvi | Toshkent |
Turi | Masjid |
Asos solinishi | XIX asr |
Qurilish materiali | Pishgan g‘isht |
Tarixi
tahrirQurilgan vaqti haqida aniq tarixiy ma'lumotlar ma'lum emas. O‘rganishlar davomida masjid Qo‘qon xonligi davrida XIX asrda qurilgani ma'lum bo'ldi. Sovet devrida masjiddan yotoqxona, kutubxona sifatida foydalanilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti 1969-yil tashkil etilgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga kiradi. Oʻzbekiston Sovet Ittifoqi Vazirlar Kengashi huzuridagi Din ishlari boʻyicha kengashning Toshkentda oliy darajadagi madrasa ochish toʻgʻrisidagi qarori bilan qayta tiklangan. Madrasa uchun „Namozgoh“ masjidining binosi berilgan. 2007-yilda masjid qayta ta'mirlangan[2].
Arxitekturasi
tahrirMasjid tarhi cho‘ziq to'g'ri to'rtburchak shaklida tuzilgan. Devorlari pishgan g‘ishtdan ko‘tarilgan, yuzasiga ganchli o‘ymakorlik namunalari va naqshlar bilan bezak betilgan. Masjidning maydoni 56x15 m.