Nargis Muhammadiy (forscha: نرگس صفیه محمدی; Narges Safie Mohammadi) 1972-yil 21-aprelda tugʻilgan[1] – eronlik inson huquqlari faoli va Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Shirin Ebadiy boshchiligidagi Inson huquqlari himoyachilari markazi (DHRC) vitse-prezidenti[2]. 2016-yil may oyida u Tehronda „oʻlim jazosini bekor qilish uchun kurashayotgan inson huquqlari harakatini“ tashkil etgani va boshqargani uchun 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan[3]. 2022-yilda u BBC 100 ayol roʻyxatiga kiritilgan. 2023-yilda u „Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashi va inson huquqlari va erkinligini taʼminlash uchun kurashi“ uchun tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[4].

Nargis Muhammadiy
نرگس صفیه محمدی
Tavalludi 21-aprel 1972-yil (1972-04-21) (52 yosh)
Fuqaroligi Eron bayrogʻi Eron
Kasbi inson huquqlari faoli
jurnalist
Dini islom
Turmush oʻrtogʻi Taghi Rahmoniy
Mukofotlari Alexander Langer mukofoti (2009)
Andrey Saxarov mukofoti (2018)
Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti (2023)

Manbalar tahrir

  1. Muhammad Sahimi. „Nationalist, Religious, and Resolute: Narges Mohammadi“. PBS (2012-yil 10-may). 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
  2. Saeed Kamali Dehghan. „Iranian human rights activist Narges Mohammadi arrested“. The Guardian (2012-yil 26-aprel). 2012-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
  3. Saeed Kamali Dehghan. „UN condemns 16-year jail sentence for Iranian activist Narges Mohammadi“. The Guardian (2016-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
  4. „Nå blir det klart hvem som får Nobels fredspris 2023“ (nb). www.aftenposten.no (2023-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.