Nargis Muhammadiy
(Nargiz Muhammadiydan yoʻnaltirildi)
Nargis Muhammadiy (forscha: نرگس صفیه محمدی; Narges Safie Mohammadi) 1972-yil 21-aprelda tugʻilgan[1] – eronlik inson huquqlari faoli va Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati Shirin Ebadiy boshchiligidagi Inson huquqlari himoyachilari markazi (DHRC) vitse-prezidenti[2]. 2016-yil may oyida u Tehronda „oʻlim jazosini bekor qilish uchun kurashayotgan inson huquqlari harakatini“ tashkil etgani va boshqargani uchun 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan[3]. 2022-yilda u BBC 100 ayol roʻyxatiga kiritilgan. 2023-yilda u „Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashi va inson huquqlari va erkinligini taʼminlash uchun kurashi“ uchun tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[4].
Nargis Muhammadiy | |
---|---|
نرگس صفیه محمدی | |
Tavalludi |
21-aprel 1972-yil |
Fuqaroligi | Eron |
Kasbi |
inson huquqlari faoli jurnalist |
Dini | islom |
Turmush oʻrtogʻi | Taghi Rahmoniy |
Mukofotlari |
Alexander Langer mukofoti (2009) Andrey Saxarov mukofoti (2018) Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti (2023) |
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammad Sahimi. „Nationalist, Religious, and Resolute: Narges Mohammadi“. PBS (2012-yil 10-may). 2012-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
- ↑ Saeed Kamali Dehghan. „Iranian human rights activist Narges Mohammadi arrested“. The Guardian (2012-yil 26-aprel). 2012-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-oktyabr.
- ↑ Saeed Kamali Dehghan. „UN condemns 16-year jail sentence for Iranian activist Narges Mohammadi“. The Guardian (2016-yil 24-may). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Nå blir det klart hvem som får Nobels fredspris 2023“ (nb). www.aftenposten.no (2023-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-oktyabr.