Nargiza Jamilova

oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor

Nargiza Nuritdinovna Jamilova (1969-yil 7-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori (DSc, 2020), professor (2021).

Nargiza Nuritdinovna Jamilova
Tavalludi 7-iyun 1969-yil (1969-06-07) (55 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Biografiyasi

tahrir

Nargiza Jamilova 1969-yil 7-iyun Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1986—1990-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti, maktabgacha tarbiya fakultetida tahsil olgan. 1990—2000-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Maktabgacha tarbiya metodikasi“ kafedrasi assistent-oʻqituvchisi, 2003—2009-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti „Pedagogika va psixologiya“ fakulteti va „Maktabgacha va oilaviy taʼlim“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2009—2010-yillarda „Maktabgacha va oilaviy taʼlim“ kafedrasi dotsenti, 2014—2020 yillarda „Maktabgacha taʼlim“ fakultetining „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi dotsenti vaziasida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Nargiza Jamilova 2000—2003 yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti, 2010—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti boʻlgan. 2009-yilda dotsent ilmiy unvonini olgan[1]. 2020-yilda „Pedagogika oliy taʼlim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasni himoya qilib, pedagogika fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 120 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 4 ta monografiya, 3 ta darslik, 10 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar muallifi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.