Nasaviy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Ahmad an-Nasaviy) ( Nasa shahri — taxminan 1030) — oʻrta osiyolik matematik. Avval buvayhiy sultonlari, soʻngra Mahmud Gʻaznaviy saroyida xizmat qilgan. U "Hind arifmetikasi xaqida yetarlicha maʼlumot" ("Al-muhiʼ filhisob al-hind") nomli asar hamda Meneley va Arximed asarlariga sharxlar yozgan. Nasaviyning asari butun sonlar, oʻnli kasrlar ustida amallarga, oltmishli kasrlarga bagʻishlangan toʻrtta maqoladan iborat. Asardagi taqribiy kvadrat va kub ildiz chiqarish qoidalari, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu qoidalar hozirgi belgilashlarda quyidagicha:[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil