Nassau
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nassau, Nasso — Bagama Orollari poytaxti, Nyu-Providens orolning shimoliy soxilida. Iqlimi tropik iqlim; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 21°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 1150 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 172 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Atlantika okeani sohilidagi port; chetga dengiz buluti, sizal, sitrus mevalar chiqariladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Xalqaro miqyosdagi moliyaviy markaz (250 dan or-tiq bank muassasalari bor). Iqlim kurorti. Turizm rivojlangan. Axrlining katta qismi sayyoxlarga xizmat koʻrsatish bilan band. Oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari, kema verfi mavjud. Shaharga 1656-yilda asos solingan va Charlztaun deb atalgan. 1694-yilda ispanlar tomonidan vay-ron qilingan. 1696-yilda qayta qurilib, N. deb nomlangan. N. — mamlakatning madaniy markazi. Kutubxona, muzey, kollejlar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan Montegyu va Finkasl fortlari, sobor saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |