Natalya Konstantinovna Georgiu (29-noyabr 1914-yil — 2-aprel 2001-yil) Sovet va Moldova bolalar jarrohi, shifokor, professor va tibbiyot fanlari doktori. U Moldovada bolalar jarrohligining asoschisi sifatida eʼtirof etildi[1][2][3].

Natalia Gheorghiu
Tavalludi 1914- yil 29-noyabr
Vafoti death_date=2 April 2001
Fuqaroligi Ruminiya, SSSR va Moldova

Bender (Tigina) shahrida tugʻilgan, 1940-yilda Buxarest universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan va Kishinyovda bolalar jarrohligi boʻyicha faoliyatini boshlagan[1]. 1957-yilda Moldova Respublikasi kasalxonasida bolalar uchun birinchi boʻlim ochildi, keyinchalik va hozirgi kunda uning nomi bilan ataladi. Pediatriya jarrohligi markazini tashkil etishda muhim rol oʻynagan.

U Kishinyovdagi Tibbiyot va farmatsevtika universiteti professori boʻlgan, oʻz sohasidagi jarrohlik usullari, dermatoplastika usullari boʻyicha 250 dan ortiq maqolalar yozgan. U SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining va Moldova Fanlar akademiyasining, Xalqaro Jarrohlik Jamiyatining muxbir aʼzosi boʻlgan hamda Moldaviya Jarrohlik Jamiyatining prezidenti etib tayinlangan. Moldova poytaxtidagi koʻchaga uning nomi berilgan va u 2004-yilda pochta markasida ham tasvirlangan[1][2].

Tibbiyotdagi faoliyati

tahrir

Buxarest universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagandan soʻng, u Moldova poytaxti Kishinyovga koʻchib oʻtdi va oʻz faoliyatini oilaviy shifokor va bolalar jarrohi sifatida boshlagan. Biroz vaqt oʻtgach u Ikkinchi Jahon urushi paytida harbiy jarroh sifatida ishga qabul qilindi[2].

Natalya Georgiu travmatologiya, ortopediya, siydik yoʻllari jarrohligi, qorin boʻshligʻi va koʻkrak qafasi jarrohligi, qon aylanish tizimi kasalliklarini davolash, yangi tugʻilgan chaqaloqlarning jarrohlik patologiyalari sohasidagi muammolarni hal qilishga katta hissa qoʻshgan.

Georgiuning asosiy ilmiy va amaliy qiziqishlari plastik jarrohlik boʻlib, uning ulkan ilmiy salohiyati unga xalqaro standartlar darajasida ilmiy ishlanmalarni amalga oshirish va ularni bolalar salomatligini muhofaza qilish amaliyotiga izchil joriy etish imkonini berdi. Professor Georgiu tomonidan ishlab chiqilgan jarrohlik kasalliklar va nuqsonlarni tibbiy diagnostika qilish va davolash usullari jahon bolalar xirurgiyasi davolash uslublari roʻyhatiga kiritilgan.

Georgiu Moldovada bolalar jarrohligini rivojlantirish uchun katta saʼy-harakatlarni amalga oshirdi, Milliy bolalar jarrohligi ilmiy-amaliy markazini (hozirgi „Natalya Georgiu“ bolalar jarrohligi markazi) yaratish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.

Natalya Georghiu maktabida 6 nafar professor, 15 nafar dotsent, 20 nafar tibbiyot fanlari nomzodi ishlaydi. Natalya Georgiu 650 ta maqola jumladan, 6 ta monografiya muallifi hisoblanadi.

Mukofotlari

tahrir

Samarali mehnati uchun u 4 ta orden va 11 ta medal, jumladan Mehnat Qizil Bayroq ordeni, Xalqlar doʻstligi ordeni , Moldova Respublikasi ordeni, Xalqaro tinchlikni himoya qilish qoʻmitasi medali, Kishinyovning faxriy fuqarosi ordeni bilan taqdirlangan(1977).

Xotirasi

tahrir
  • Moldova poytaxti Kishinyovda shahar markazidagi koʻcha (Akademik Natalya Georgiou koʻchasi) va oʻrta maktab („Natalya Georgiou“ litseyi) uning nomi bilan ataladi.
  • Natalya Georgiu nomidagi bolalar jarrohligi ilmiy-amaliy markazi oldida bronza byust oʻrnatildi.
  • 2004-yil noyabr oyida Kishinyovda akademik Natalya Georgiu nomidagi bolalar xirurgiyasi assotsiatsiyasi tashkil etilgan.
  • 2004-yil 30-aprelda Moldova pochtasi taniqli jarroh tavalludining 90 yilligi munosabati bilan uning surati tushirilgan markalarni chop etgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Eugene Joseph Kucharz, Marc A. Shampo, and Robert A. Kyle (July 2012). „Natalia Gheorghiu—Pioneer of Pediatric Surgery in Moldova“. Mayo Clinic Proceedings 87(7). 87-jild. e51-bet. doi:10.1016/j.mayocp.2012.01.021. PMC 3498082. PMID 22766091. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: multiple names: authors list ()
  2. 2,0 2,1 2,2 Gudumac, Eva. „Natalia Gheorghiu: the history of a well-done thing (1914-2014)“. Moldovan Journal of Health Sciences (2014-yil 1-fevral). Qaraldi: 2019-yil 26-yanvar.
  3. Gudumac. „VIAŢA ŞI OPERA ACADEMICIANULUI NATALIA GHEORGHIU – O EVOCARE“. 5-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.