Natalya Kornelyevna
Natalya Kornelyevna Abramseva (1954-yil 17-avgust, Moskva – 1995-yil 6-fevral, Moskva) – rus bolalar yozuvchisi.
Natalya Kornelyevna | |
---|---|
Tavalludi |
1954-yil 17-avgust |
Vafoti |
1995-yil 6-fevral Moskva |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Yoʻnalish | Bolalar uchun ertaklar |
Biografiyasi
tahrirNatalya Abramseva harbiy xizmatchi Korneliy Kornelyevich Abramsev (keyinchalik taniqli yozuvchi-dramaturg) va rus tili hamda adabiyoti oʻqituvchisi Lyudmila Nikolayevna oilasida dunyoga kelgan. Koʻp oʻtmay, otasi Ukrainaning kichik Belokorovich shaharchasiga xizmat safariga yuborilgan, boʻlajak yozuvchi ota-onasi bilan u yerda ikki yil yashagan. Bolalik paytida orqa miya kasalligiga chalingani tufayli, Natalya toʻshakka mixlanib qolgan. Jismoniy xastaligiga qaramay, Natalya toʻlaqonli hayot kechirishga harakat qilgan: koʻp kitob oʻqigan, nafaqat rus tilida, balki ingliz va ispan tillarida ham kitoblar oʻqir, hikoyalar va ocherklar yozardi. Biroq yozuvchining asosiy mashgʻuloti ertaklar yozish boʻlib qolgan. Adibaning 40 yil umr koʻrgani tibbiyotda noyob va tushuntirib boʻlmas holat hisoblanadi. Natalya Abramseva bolalar va kattalar uchun jami 120 ga yaqin ertak va hikoya, 12 ta teatr pyesasi yozgan. Uning asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan; Rossiya, yaqin va uzoq xorij mamlakatlar teatrlarida pyesa sifatida sahnalashtirilgan; asarlari multfilmlar ssenariylariga asos boʻlgan. „Skazki dlya dobrix serdes“, „Raduga v sochelnik“, „Rojdestvenskiye gryozi“, „Chudesa da i tolko“, „Chto takoye zima“, „S kem razgovarivayut sobaki“ toʻplamlari alohida kitob boʻlib nashr etilgan. Natalya Abramsevaga „Spokoynoy nochi, malishi!“ telekoʻrsatuvining bir nechta ssenariylari tegishli[1]. 1978-yilda „Lastochka“ ertagi eʼlon qilingan va shu bilan uning ertaklarining zafarli yurishi boshlangan. 1984-yilda u bir vaqtning oʻzida „Ogonyok“ va „Sovetskaya jenshina“ jurnallarining yillik mukofoti sovrindori boʻlgan[2]. 90-yillarda adibaning asarlari xalqaro miqyosda keng shuhrat qozongan. 1985-yilda uning „Skazka o vesyoloy pchele“ nomli birinchi kitobi, 1988-yilda „Chto takoye zima“ toʻplami, 1990-yilda „Den rojdeniya“ toʻplami chop etilgan, 1992-yilda esa yozuvchi ertaklari bilan bezatilgan taqvim nashrdan chiqqan. 1978-yildan boshlab uning asarlari „Vechernyaya Moskva“, „Sudarushka“ gazetalarida, „Rabotnitsa“, „Poznayka“, „Liza“, „Foma“ va boshqa koʻplab jurnallarda muntazam ravishda nashr etib borilgan. 1990-yilda u SSSR Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan. 1995-yil 6-fevralda vafot etgan va Vagankovskiy qabristoniga dafn etilgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Памяти Натальи Абрамцевой // Международный фонд ВСМ (Великий Странник Молодым)“. 2019-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-fevral.
- ↑ Русские детские писатели XX века — 5 — 7-bet.
- ↑ „Абрамцева Наталья Корнельевна“. Где дремлют мёртвые... (2022-yil 20-iyun). 2023-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-avgust.