Natalya Kritinina (2001-yil 6-yanvarda tugʻilgan)[1] — oʻzbek suzuvchisi. 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Biografiya tahrir

2018-yilda Buenos-Ayresda oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib otgan Olimpiada oʻyinlarida ayol-qizlar oʻrtasida 50 metrga va ayol-qizlar oʻrtasida 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etdi.[2] Ikki holatda ham yarim finalga chiqa olmadi. 2019-yilda Kvanju shahrida boʻlib oʻtgan FINA jahon chempionatida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. U ayol qizlar oʻrtasida 50 metrga va 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etdi. Ikki holatda ham yarim finalga chiqa olmadi. U Tokioda boʻlib oʻtgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida qatnashgan.

Manbalar tahrir

  1. „Entry list“. 2019 World Aquatics Championships. 26-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyul 2020-yil.
  2. „Girls' 100 metre freestyle“. 2018 Summer Youth Olympics – FINA.org. 8-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2020-yil. (Wayback Machine saytida 2020-08-09 sanasida arxivlangan)

Havolalar tahrir