Nathan Bastian (talaffuzi: Natan Bastiyan) (1997-yil 6-dekabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Nathan Bastian hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „New Jersey Devils“ xokkey jamoasi safida faoliyat olib bormoqda. Nathan Bastian 2016-yilgi NHL kirish loyihasida 41-oʻrindagi tanlov asosida „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga qabul qilingan edi.

Nathan Bastian
Tugʻilgan joyi 6-dekabr 1997-yil (1997-12-06) (26 yosh)
Kitchener, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 205 lb (93 kg; 14 st 9 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
NHL
Sobiq jamoalar
New Jersey Devils
Seattle Kraken
NHLga kirish drafti 41-oʻrindagi tanlov, 2016
New Jersey Devils
Jamoalardagi faoliyat 2017—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Nathan Bastian „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga 2016-yilgi NHL kirish loyihasining ikkinchi bosqichida 41 oʻrindagi tanlov asosida qabul qilinganidan soʻng, 2016-yil 20-oktyabrda klub bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi[1].

Nathan Bastian 2018—2019-yilgi mavsumda „Binghamton Devils“ (klubning AHL filiali) klubi safida 43 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shundan soʻng, Nathan Bastian 2019-yil 19-yanvarda „New Jersey Devils“ klubidan ilk bor chaqiruv oldi[2]. Oʻsha kuni Nathan Bastian NHLdagi ilk oʻyinini Prudential markazida „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida magʻlubiyat) oʻtkazdi[3]. 25-fevral kuni Nathan Bastian oʻzining NHLdagi birinchi golini „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi[4]. 2021-yil 15-iyun kuni Nathan Bastian „NewJersey Devils“ xokkey klubi bilan yana ikki yillik shartnomaga imzo chekdi[5].

2021-yil 21-iyulda Nathan Bastian "Seattle Kraken" xokkey klubi safiga qabul qilindi[6]. Nathan Bastian 2021—2022-yilgi mavsumda klub safida 12 ta oʻyinda maydonga tushdi[7]. Nathan Bastian 2021-yil 25-noyabrda klubni tark etdi. Shundan soʻng, Nathan Bastian „New Jersey Devils“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[8].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2013—2014 Brantford Jr. B Stars GOJHL 48 17 29 46 24
2013—2014 Mississauga Steelheads OHL 21 2 1 3 6 4 0 0 0 2
2014—2015 Mississauga Steelheads OHL 68 17 12 29 22
2015—2016 Mississauga Steelheads OHL 64 19 40 59 50 5 0 4 4 0
2016—2017 Mississauga Steelheads OHL 58 16 29 45 43 20 7 7 14 16
2017—2018 Binghamton Devils AHL 68 10 8 18 45
2018—2019 Binghamton Devils AHL 58 18 6 24 63
2018—2019 New Jersey Devils NHL 7 3 0 3 10
2019—2020 Binghamton Devils AHL 62 16 22 38 55
2020—2021 New Jersey Devils NHL 41 3 7 10 21
2021—2022 Seattle Kraken NHL 12 1 1 2 31
2021—2022 New Jersey Devils NHL 60 11 5 16 34
NHL jami 120 18 13 31 96

Manbalar tahrir

  1. „Devils sign forward Nathan Bastian“. New Jersey Devils (2016-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.
  2. @NJDevils. „#NJDevils news: New Jersey also assigned F Blake Pietila to @BingDevils (AHL). The club has recalled F Kurtis Gabriel (@kurtisgabriel) and F Nathan Bastian (@14Nbast) from @BingDevils. Both are available for this afternoon's game vs. ANA.“ (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  3. „New look Ducks beat Devils 3-2“. ESPN (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 22-yanvar.
  4. Canavan. „Bastian and Gabriel score, last-place Devils sweep Canadiens“. AP News (2019-yil 25-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  5. „RELEASE: Devils Re-Sign Forward Nathan Bastian To A Two-Year Contract“. NHL.com (2021-yil 15-iyun). Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  6. „Seattle Kraken make their picks“. Seattle Kraken (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  7. „Coyotes finally land first win“. ESPN (2021-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
  8. „Devils claim Bastian“. New Jersey Devils (2021-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 25-noyabr.