Nathaniel Lord Britton
Nathaniel Lord Britton (1859-1934) Bronksdagi Nyu-York bogʻiga asos solgan amerikalik botanik va taksonomist.
Nathaniel Lord Britton | |
---|---|
Tavalludi |
15-yanvar 1859 -yil Staten Island, New York |
Vafoti |
25-iyun 1934-yil (75 yoshda) Bronx, New York |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Botanika |
Mashhur ishlari | Illustrated Flora of the Northern United States va British Possessions, Addison Brown bilan; The Cactaceaeʼ‘, Joseph Nelson Rose bilan. |
Turmush oʻrtogʻi | Elizabeth Gertrude Knight |
Yoshlik davri
tahrirBritton 1859-yilning 15-yanvarida Nyu Yorkning Richmond okrugidagi Nyu-Dorpda Harriet Lord Turner oilasida tugʻilgan[1][2]. Brittonning ota-onasi koʻproq diniy fanlarni oʻrganishini xohlashgan boʻlsa-da, yoshligidan tabiatshunoslik faniga qiziqqan.
Columbia university school of Minesni tamomlab, Kolumbiya universitetida geologiya va botanikadan dars bergan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Torrey botanical clubga aʼzo boʻlib, aʼzolikni butun umri davomida saqlab qoldi. Britton Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Fanlar Akademiyasi, Amerika Sanʼat va Fanlar Akademiyasi[3] va Amerika Falsafa Jamiyatining saylangan aʼzosi boʻlgan[4][5]. 1885-yil 27-avgustda briyolog Elizabeth Gertrude Knightga uylangan. Ular klubda tanishib, umrlari davomida botanik tadqiqotlarda hamkorlik qilishgan.
Nyu-York botanika bogʻi
tahrir1888-yil asal oyi davomida Kew Gardens bogʻiga buyurishib, Brittonning Torrey klubi yigʻilishida Nyu-York botanika bogʻi qurilishi taklifini bildirgan. Ular birgalikda NYBG qurilishi uchun kampaniya boshlashdi. Britton 1895-yilda Nyu-York botanika bogʻi direktori boʻlgach, Kolumbiya universitetini tark etdi. 1929-yilga qadar mazkur lavozimda ishlagan.Andrew Carnegie, J. Pierpont Morgan, va Cornelius Vanderbilt II bilan birgalikda institutning birinchi boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan. U oʻsimliklarni kampaniyaga katta hissa qoʻshganlarning sharafiga nomlash orqali botanika bogʻiga katta moliyaviy yordam berdi.
Ilmiy tadqiqot
tahrirNyu-York shahrida ob-havo sovuq boʻlgan paytlarda, koʻpgina tadqiqotlarni Karib dengizida amalga oshirgan. Karib dengizi florasini oʻrganishga ham hissa qoʻshgan.
Addison Brown bilan birgalikda (The Cactaceae), Joseph Nelson Rose bilan esa (The Cactaceae)ni yozgan
Shuningdek, Britton Amerika Botanika Nomenklaturasi[6] kodeksini imzolaganlardan biri ham hisoblanadi. Britton nomenklaturani tartibga soluvchi qoidalarga taklif qilgan oʻzgartirishlari boʻyicha oradan taxminan 30 yil oʻtgach ham hech qanday murosaga erishilmagan.
Oʻlim va meros
tahrirInsult boʻlib, 9 hafta davomida davolanib, 1934-yil 25-iyunda Bronksdagi uyida vafot etdi[7].
U yashagan va ishlagan uy, Britton kotteji, Staten orolidagi tarixiy Richmond Town shahrida saqlanadi.
Staten orolidagi tarixiy Richmond Towndagi Britton yashagan va ishlagan Britton kotteji muhofazaga olingan. Brittonastrum avlodi (Agastache Clayton ex Gronov sinonimi[8]), Brittonella (sinonimi Mionandra Griseb[9]), Brittonamra (sinonimi Coursetia DC.), Brittonia (sinonimi Ferocactus Britton & Rose[10]) Brittonrosea (sinonimi Echinocactus Link & Otto[11]), shuningdek Neobrittonia [12] kabi tushunchalar olim sharafiga nomlangan. Brittonia botanik jurnali ham uning nomiga nomlangan[13][14].
Britton standart muallif qisqartmasidan botanik nomlar muallifi sifatida mazkur olimga manba koʻrsatilganda foydalaniladi[14].
Tadqiqotlar
tahrirJohn Hendley Barnhart Britton asarlarining bibliografiyasi boʻlmish Elmer Drew Merill muallifligidagi Biographical memoir of Nathaniel Lord Britton, 1859-1934 asari yozilishiga hamda mazkur asarning 1938-yilda National Academy of Sciencesning yillik uchrashuvidagi taqdimotiga hissa qoʻshgan[15]. Henry A. Gleason 1960-yilda Brittonning dastlabki botanik faoliyati, tashkil qilgan botanika tashkilotlari, nomenklaturaviy ishlari, Illustrated Flora asari, Nyu-York botanika bogʻidagi rahbarlik faoliyati, Gʻarbiy Hindiston florasi, Shimoliy Amerika florasi, Shimoliy-janubiy Amerika florasi, Shimoliy Amerika daraxtlariga oid tadqiqotlari hamda monografik asarini[16] oʻz ichiga olgan The scientific work of Nathanial Lord Britton asarini nashr etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Fraser, Susan „NATHANIEL LORD BRITTON RECORDS (1875-1934)“. New York Botanical Garden. Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Toddler's Dress“. Online Collections Database. Staten Island Historical Society. Qaraldi: 2011-yil 11-may.
- ↑ „Nathaniel Lord Britton“ (en). American Academy of Arts & Sciences (2023-yil 9-fevral). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ „Nathaniel Britton“. www.nasonline.org. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ "American Code of Botanical Nomenclature". Bulletin of the Torrey Botanical Club 34. 1907.
* Vikiiqtibosdagi Bulletin of the Torrey Botanical Club/V34/American Code of Botanical Nomenclature bilan bogʻliq iqtiboslar - ↑ „Dr N.L. Britton, 74, Biologist, is dead“. 26 June 1934. New York Times. Qaraldi: 2012-yil 5-iyul.
- ↑ „Brittonastrum Briq. | Plants of the World Online | Kew Science“ (en). Plants of the World Online. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
- ↑ „Brittonella Rusby | Plants of the World Online | Kew Science“ (en). Plants of the World Online. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
- ↑ „Brittonia C.A.Armstr. | Plants of the World Online | Kew Science“ (en). Plants of the World Online. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
- ↑ „Brittonrosea Speg. | Plants of the World Online | Kew Science“ (en). Plants of the World Online. Qaraldi: 2021-yil 1-noyabr.
- ↑ „Neobrittonia Hochr. | Plants of the World Online | Kew Science“ (en). Plants of the World Online. Qaraldi: 2021-yil 18-may.
- ↑ Michael Charters. „California Plant Names“. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
- ↑ 14,0 14,1 William T. Stearn. „Botanical Latin“. David & Charles (2017-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
- ↑ Merrill, Elmer D.. Biographical memoir of Nathaniel Lord Britton, 1859-1934, 1938.
- ↑ Gleason, Henry A. (1960). "The Scientific Work of Nathaniel Lord Britton". Proceedings of the American Philosophical Society 104 (2): 205–226. https://archive.org/details/sim_proceedings-of-the-american-philosophical-society_1960-04-19_104_2/page/n93.