National Basketball Association

Milliy basketbol assotsiatsiyasi (inglizcha: National Basketball Association, qisqartmasi: NBA) — erkaklar oʻrtasida basketbol boʻyicha oʻtkaziladigan Shimoliy Amerika professional ligasi. Unda AQSh va Kanada basketbol klublari ishtirok etadilar. NHL, MLB va NFL bilan birgalikda Shimoliy Amerika bosh professional sport ligalari toʻrtligiga kiradi[1]. Dastlab, 1946-yilda Amerika basketbol assotsiatsiyasi shaklida asos solingan boʻlib, Milliy basketbol ligasi bilan biriktirilgan holda National Basketball Association (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) nomini oldi.

Beshinchi avenyudagi NBA doʻkoni

2004-yildan boshlab Assotsiatsiya tarkibiga geografik jihatdan Sharqiy va Gʻarbiy konferensiyalar tartibida boʻlingan 30 jamoa kiradi. Har bir konferensiya, oʻz navbatida, 5 jamoadan 3 divizionga boʻlinadi. Odatiy mavsum davomida har bir jamoa 82 oʻyindan oʻtkazadi. Oʻyin natijalaridan kelib chiqib, pley-off ishtirokchilari saralab olinadi. Pley-off bosqichida jamoalar olimpiada tizimida — oʻz konferensiyasida 4 gʻalabagacha oʻzaro oʻyin oʻtkazadilar. Ikki konferensiya chempionlari asosiy finalda yuzma-yuz keladi va National Basketball Association chempioni maqomi uchun kurashadi.

NBA bosh idorasi Nyu-York shahri Beshinchi avenyudagi Olimpik-tauerning 19-qavatida joylashgan[2].

Manbalar tahrir