Bosh menuni ochish

Navarra — oʻrta asrlarda Pirenei ya.o.da poytaxti Pamplona boʻlgan qirollik (905—1512). Ilk tarixi kam oʻrganilgan. 9-asr oʻrtalarida N. grafligi arablar va franklar oʻrtasidagi kurash natijasida mustaqillikka erishgan. N.ning 1-qiroli Sancho Garsiya (905— 925 yillar hukmronlik qilgan) boʻlgan. Sancho III Buyuk davrida (1000—1035) N. oʻz hududiga Leon, Kastiliya, Aragon, shuningdek, Ispaniya va Fransiyadagi basklar yerlarini qoʻshib olgan. Sancho III ning vorislari davrida N. oʻzining avvalgi hududining deyarli hammasidan ajralgan. 1076—1134 yillarda N. Aragonga tobe boʻlgan. 1234—84 va 1328—1512 ylarda N.dagi qirollik taxtini fransuz graflari, 1285—1328 yillarda fransuz qirollari egallashgan. N. iqgisodiy qoloq davlat hisoblangan. 1512 yil N.ni Ferdinand Aragonskiy bosib olgan, natijada N. Ispaniyaga qoʻshib yuborilgan. Quyi N. esa 1589 yilgacha rasman mustaqil qirollik boʻlgan, shundan soʻng (N. qiroli Genrix Navarrskiy Fransiya taxtiga Genrix IV nomi bilan chiqqach) Fransiya tarkibiga qoʻshilgan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil