Navbahor Imamova

Amerika Ovozining oʻzbek jurnalisti

Navbahor Imamova — „Amerika Ovozi“ teleradiosining oʻzbek jurnalisti. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoʻshqoʻrgʻon qishlogʻida ziyoli oilasida tugʻilgan. Televideniye, radio va internet orqali 2001-yildan buyon Amerika Qoʻshma Shtatlari va Markaziy Osiyoni yoritadi. 2003-yildan beri „Amerika manzaralari“ nomli haftalik dasturini taqdim etib, Vashingtonning Markaziy Osiyo bilan aloqalari hamda Amerikadagi hayot va siyosatni tahlil qiladi. Shuningdek, „Amerika Ovozi“ gender masalalari boʻyicha kengashining asoschisi va raisi[2][3].

Navbahor Imamova
Tavalludi 15-fevral 1978-yil (1978-02-15) (46 yosh)
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Qoʻshqoʻrgʻon qishlogʻi
Fuqaroligi Oʻzbekiston[1]
Kasbi Jurnalist
Faoliyat yillari
  • 1996-yilda Oʻzbekiston radiosining „Xalqaro hayot“ redaksiyasi
  • 2002-yildan hozirgacha - „Amerika ovozi“
Mukofotlari
  • 2009 — „Outstanding Young Alumna“ (Ball Davlat Universiteti)
  • 2010 — VOA Gold Medal (Amerika Ovozi Oltin Medali)

Navbahor Imamova 2018-yildan boshlab „Amerika Ovozi“ teleradiosining Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Respublika Tashqi ishlar vazirligi AQShdan akkreditatsiya qilgan ilk jurnalistdir[4][5][6].

Taʼlim

tahrir
  • 2016—2017-yillarda — Harvard universitetining John Kennedy nomidagi davlat boshqaruvi oliy maktabidan magistrlik darajasi (Edward E. Mason stipendianti)
  • 2003-yil — AQShdagi Ball davlat universitetidan jurnalistika boʻyicha magistrlik darajasi
  • 2000-yil — Hindistondagi Maysur universitetidan jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya yoʻnalishida bakalavrlik darajasi
  • 1995—1997 — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti[7].

Faoliyati

tahrir

Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda Oʻzbekiston radiosining „Xalqaro hayot“ redaksiyasida boshlagan[8]. 2001-yildan buyon AQShda yashab faoliyat yuritadigan Navbahor Imamova Oʻzbekiston Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida mahorat darslari ham bergan.

Mukofotlari

tahrir
  • 2009 — Outstanding Young Alumna (Ball State University)
  • 2010 — VOA Gold Medal („Amerika Ovozi“ Oltin Medali)[9].

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. „Report: 50:50 Project, Women’s Caucus Put Gender Equity On-Air at VOA“ (2021-yil 22-aprel). 2022-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  3. „Навбахор Имамова об американской политике в Центральной Азии, новых лидерах и коррупции (+ in English)“ (2015-yil 21-may). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  4. „Navbahor Imamova“ (2020-yil 10-fevral). 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  5. https://rus.azattyk.org/a/29223786.html
  6. „Первое американское СМИ получило аккредитацию в Узбекистане“ (2018-yil 14-may). 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  7. „Навбаҳор Имамова буюртма ахборотлар, мухлислар муносабати ва журналистлар авлоди ҳақида“ (2020-yil 10-oktyabr). 2022-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  8. „NAVBAHOR IMAMOVA“ (2010-yil 1-fevral). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.
  9. „Навбахор Имамова/Navbahor Imamova“ (2018-yil 9-iyul). 2022-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-noyabr.

Havolalar

tahrir
  1. Ball State University
  2. UNIVERSITY OF MYSORE | ಮೈಸೂರು ವಿಶ್ವವಿದ್ಯಾನಿಲಯ
  3. The John F. Kennedy School of Government is a public policy and public administration school within Harvard University.