Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi

O'zbekiston muzeyi

Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi (avvalgi nomi: Navoiy viloyat tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi) — Oʻzbekistonning Navoiy viloyati, Karmana shaharchasida joylashgan muzey. 1992-yil 30-yanvarda tashkil etilgan.

Muzeyning tashqi ko'rinishi

Tarixi tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1992 yil 30 yanvarda viloyat tarixiy-o‘lkashunoslik muzeyi nomi bilan Navoiy viloyati hokimligining 12/284-sonli qarori asosida tashkil etilgan va 2017 yil 15 dekabrdagi 429-sonli qaror asosida Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi nomi bilan qayta tashkil etildi; Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzey o‘z faoliyatida asosan, Zarafshon vohasi (Navoiy viloyati hududi)ning tarixi, bebaho va noyob topilmalari, o‘ziga xos moddiy va nomoddiy madaniy merosi bo‘yicha ekspozitsiyalar yaratilib, mamlakatning boshqa bir hududida uchramaydigan va takrorlanmaydigan tabiiy, me’moriy-majmualari, san’at asari darajasida saqlanib kelingan qoyatosh suratlarini, tarixiy maskan va ziyoratgohlarini chuqur o‘rgangan holda mahalliy va horijiy sayyohlarni bu tarixiy manbalardan bahramand etib kelmoqda

Joylashgan manzili: Navoiy viloyati Karmana tumani , Sadoqat ko'chasi 14 -uy Elektron pochtasi:E-mail: muzey-navoiy @gmail.uz Bogʻlanish kontaktlari: Telefon: (79) 210-10-14 Tashkilot rahbari: [Raxmonov Xasan Ebodullayevich]

Fotogalereya tahrir