Navruz Japaqov (1914.16.5 — Taxtakoʻpir tumani — 1975.13.3) — qoraqalpoq shoiri va adabiyotshunosi. Oʻzbekistonda (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1967).

Navruz Japaqov
 Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi
Mansab davri
1956-yil – 1959-yil 31-mart
Oʻtmishdoshi Pirjan Seitov
Vorisi Qallibek Kamolov
Qoraqalpogʻiston ASSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi
Mansab davri
1955-yil – 1956-yil yanvar
Oʻtmishdoshi Mateke Jumanazarov
Vorisi Mateke Jumanazarov
Qoraqalpogʻiston ASSR Vazirlar Kengashi raisi
Mansab davri
1946-yil oktabr – 1952-yil
Oʻtmishdoshi Pirjan Seitov
Vorisi Jolimbet Seitniyazov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1914-yil 16-may
Vafoti 13-mart 1975-yil(1975-03-13)
(60 yoshda)
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim VKP (b) MK qoshidagi Oliy partiya maktabi
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Mehnat faoliyati

tahrir

Koʻp yillar yuqori rahbarlik idoralarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti (1961—1967) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida (1967—1975) katta ilmiy xodim.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Ilk sheʼrlar toʻplami — „Quyosh“ (1940). Navoiyga bagʻishlangan „Shoir soʻzi“ dostoni (1949, J. Oymurzayev bilan hamkorlikda), „Uzoqdagi yaylovlar“ (1955, X. Seitov bilan hamkorlikda), „Suvchi“ (1958) dostonlarida qoraqalpoq xalqining turmushi va yaratuvchilik mehnati aks etgan. „Orol baliqchilari“ kinossenariysi (M. Melkumov bilan hamkorlikda) va adabiyotshunoslikka oid bir qancha asarlar muallifi („Qoraqalpoq adabiyotida realizm masalasiga doyr“, 1972; „Adabiyotimiz haqida oʻylar“, 1974 va b.).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Amu boʻylarida, T., 1956;
  • Tiriklar bilan birga: Poema va sheʼrlar, T., 1962;
  • Tanlamali shigarmalari, 3 tomlik, Nokis, 1978-80.