Nawab Begum Faizunnesa Choudhurani (bengalcha: নওয়াব বেগম ফয়জুন্নেসা চৌধুরানী  ; 1834—1903-yil) Bangladeshning hozirgi Comilla tumanidagi Homnabad-Pashchimgaon mulkidagi Zamindar (zamindor, mol-mulk egasi) edi.[1] U ayollar taʼlimi va boshqa ijtimoiy masalalar bilan shugʻullanuvchi tashkiloti bilan mashhur. Uning ijtimoiy mehnatini qadrlash uchun 1889-yilda qirolicha Viktoriya Fayzunnesaga " Nawab " unvonini berdi va bu uni Janubiy Osiyodagi birinchi ayol Nawabga aylantirdi.[2][3][4][5]

Faizunnesaning taʼlim va adabiy faoliyati asosan 1857-yildan keyingi davrga toʻgʻri kelib, Hindistondagi musulmonlar mustamlakachilik qiyinchiliklarini toʻliq boshdan kechira boshlagan va ularni kamsitish eng yuqori darajaga yetgan edi. Fayzunnesa ushbu madaniy kontekstda ayollar uchun maktablar tashkil etishga kirishdi. Majoziy maʼnoda u Rupjalaldagi musulmon qahramonini tasvirlash orqali jamiyatni umidsizlik va tushkunlik tahdididan qutqarishga harakat qildi va shu bilan ularga umid va ishonch bagʻishladi.[6]

Ayollar taʼlimi tarafdori, xayriyachi va ijtimoiy xodim Faizunnesa hozirgi Bangladeshning Comilla shahrida tugʻilgan. U uzoqdagi amakivachchasi va qoʻshni zamindor boʻlgan Muhammad Gʻoziyga 1860-yilda ikkinchi xotin boʻlib turmushga chiqdi va ikki qizi Arshadunnesa va Badrunnesa tugʻilgandan keyin ajrashdi. U 1883-yilda onasi vafotidan keyin zamindor boʻldi va ijtimoiy va xayriya ishlarida tobora koʻproq ishtirok etdi va shu tariqa 1889-yilda Britaniya mustamlakasi boʻlgan Hindistonning birinchi ayol Nawabi boʻlish sharafiga sazovor boʻldi. U Sangeet Saar, Sangeet Lahari va Tattwa O Jatiya Sangeet kabi bir nechta adabiy asarlar yozgan va oʻzining yangi kashf qilgan taʼlim va xayriya ishlari, maktablar, madrasalar va kasalxonalar tashkil etishi bilan mashhur. Biroq, Rupjalal oʻzining eng muhim ishi boʻlib qoldi va koʻproq tadqiqot va tanqidiy eʼtiborini aynan shu ishga qaratdi.

Yoshligi tahrir

 
Kurshed Munzil, Pashchimgaon Nawab oilasining saroyi

Chowdhurani 1834-yilda Comilla tumanidagi Lakshamga qarashli Pashchimgaon qishlogʻida tugʻilgan. Uning otasi Ahmad Ali Chowdhury yana Shahzada Mirza Aurangazeb, Nawab, Khan Bahadur ismlari bilan mashhur, Homnabad-Pashchimgaon mulkining zamindori sifatida tanilgan. Ularning oilasi Bahodirshoh I ning jiyani orqali Mugʻal imperatorlarining avlodlari edi.[7][8]

Faizunnessa musulmon oilasida oʻsgan, u yerda ayollar qattiq tartib tizimini saqlab qolishgan. U rasmiy taʼlim olmadi, lekin boʻsh vaqtlarida kutubxonada kitob oʻqidi. U arab, fors, sanskrit va bengal tillarini yaxshi bilgan. 1860-yilda Chowdhurani uzoq qarindoshi va qoʻshni Zamindor Muhammad Gʻoziyga turmushga chiqdi va uning ikkinchi xotini boʻldi. Ammo er-xotin ajralishdi va Faizunnesa ota uyida oilasi bilan yashay boshladi.

Faoliyati va xayriyasi tahrir

1883-yilda onasi vafotidan keyin Faizunnesa uning mulkini meros qilib oldi va Pashchimgaon zamindori boʻldi. U zamindor boʻlganidan keyin ijtimoiy ishlarga koʻproq jalb qilingan. 1873-yilda Faizunnesa Choudhurani Comilla shahrida qizlar uchun oʻrta maktabni tashkil etdi, bu Hindiston yarimorolida xususiy ravishda tashkil etilgan eng birinchi ayol maktablaridan biri boʻlib, u hozir Nawab Faizunnesa hukumati qizlar oʻrta maktabi deb ataladi.[9][10] Shuningdek, Pashchimgaonda maktabga asos solgan, keyinchalik u maktab kollejga koʻtarilgan va endi Nawab Faizunnesa bosqichli kolleji deb nomlangan. 1893-yilda Faizunnesa oʻz qishlogʻida qishloq ayollari, ayniqsa qashshoq ayollar uchun xayriya faoliyatiini yoʻlga qoʻydi. U, shuningdek, ayollar uchun kasalxonani, Comilla shahridagi Faizunnesa Zenana nomli kasalxonasini qurdi. Bundan tashqari, u masjidlar qurdirdi, yoʻllar va hovuzlarni rivojlantirishga hissa qoʻshdi.[11] Faizunnesa turli gazeta va davriy nashrlarga, jumladan Bandhab, Dhaka Prakash, Musalman Bandhu, Sudhakar va Islam Pracharakga homiylik qildi . 1903-yilda vafotidan avval u butun mol-mulkini xalqqa xayriya qildi.

Rupjalal tahrir

Dastlab Bangla tilida yozilgan Nawab Faizunnesaning (1834—1903) Rupjajal kitobi 1876-yilda Dhaka tomonidan nashr etilgan. Fayeza S. Hasanatning insonlarning faoliyatini yoritib beruvchi loyihasi uzoq vaqtdan beri eʼtibordan chetda qolayotgan edi.Ammo ingliz tiliga tarjimasidagi kirish va sharh qismida birinchi marta Faizunnesa va uning ijodi tasvirlangani tufayli jahon kitobxonlari orasida oʻz oʻrnini egalladi. Birinchidan, Faizunnesa har qanday muhim tadqiqot ishida yagona eʼtiborga sazovor boʻlgan narsa Sonia Nishat Aminning "The World of Muslim Women in Colonial Bengal, 1876-1939" (Brill, 1996) kitobi bilan bogʻliq boʻlib, unda Rupjalalning nashr etilgan yili tarixda muhim belgi sifatida baholanadi. Bengal musulmon ayollarining adabiy amaliyoti va 1939-yilda Lady Brabourne kollejining tashkil etilishi musulmon ayollar taʼlimining choʻqqisi sifatida eʼtirof etiladi, chunki u mustamlaka davrida birinchi marta hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan edi.

Amin Faizunnesani sobiq Bengaliyaning birinchi muhim zamonaviy musulmon ayol yozuvchisi deb hisoblasa ham, bu borada aniq bir xulosa qilishga hali erta edi. Yangi tadqiqot Bengallik musulmon ayol yozuvchilarning isteʼdodini tobora koʻproq ochib bermoqda. Endi biz XVIII asrning sheʼriy qoʻlyozmasi 1955-yilda topilgan Rahimunnessa haqida, adabiyot tarixchilari XIX asrning birinchi yarmida yozgan Chittagonglik Rahima va Zamirunnessa haqida bilamiz. Bu uchta asar haligacha noaniq boʻlib qolmoqda va shuning uchun ham Taherunnesa 1865-yilda Bamabodhini Patrikada "Bamagoner Rachana" (Ayollar tomonidan yozilgan) nashr etgan eng qadimgi Bengal musulmon ayol yozuvchisi sifatida tanilgan. Biroq, u jurnalda oʻz maqolasini faqatgina bir marta chiqargani maʼlum va biz uning hayoti haqida Boda qizlar maktabida oʻqiganidan boshqa koʻp narsa bilmaymiz. Bengal musulmon ayollarning hayoti va faoliyati va yozuvining dastlabki tarixi odatda Nawab Faizunnesadan boshlanadi. Shu paytgacha nisbatan koʻproq tadqiqotga eʼtibor qaratgan yagona bengallik musulmon ayol adabiyotshunos bu Begum Rokeya Sakhawat Hossaindir (1880—1932). U Bengal musulmon ayollarining uzluksiz adabiy anʼanasini shakllantirish uchun harakat qilgan eng birinchi ayol deya taxmin qilinadi. Faizunnesa va Rokeya oʻrtasida yana bir nechta ayollar bor edi: Latifunnesa, "Bangiya Musalman Lekhikader Prati" (Bengal musulmon ayollar yozuvchilari uchun) 1897-yilda Bamabodhini Patrikada nashr etilgan va Azizunnesa, musulmon tilida nashr etilgan gazetada sheʼri chiqqan birinchi musulmon ayol. Islom Pracharak jurnalida uning "Hamd Orthat Ishwar Stuti" (Allohga hamd) sheʼri 1902-yilda nashr etilgan

Rupjalal shahzoda Jalal va ikki qahramon Rupbanu va Hurbanu haqidagi hikoyadir. Unda Jalalning qahramonligi haqida hikoya qilinadi. Faizunnesa ojiz musulmon erkak qiyofasidan farqli oʻlaroq, "oʻn olti yoshida shunchalik goʻzal boʻlib qolgan sportchi va kuchli" musulmon qahramonini tasvirlaydi. Sharqshunoslik vakillaridan farqli oʻlaroq, Rupjalolda musulmon qahramoni musulmon ayollar eʼtiborining markazida turadi.

Hasanatning mustamlakachi Bengaliyadagi hind jamiyatidan farqli oʻlaroq, musulmon jamiyatiga ayollarning maqomiga nisbatan munosabati ham akademik tekshiruvga dosh bermasligi mumkin. Uning taʼkidlashicha, "Musulmon jamiyatining ayolga boʻlgan munosabati pravoslav hindu yoki liberal Brahmo jamiyatinikidan butunlay boshqacha edi" (b. 2). U musulmonlar jamoasidan farqli ravishda hindu jamiyatining ijobiy manzarasini tasvirlashga harakat qiladi (s. 13).

Hasanat Faizunnesa ijodini jahon kitobxonlar ommasiga tanitib, goʻzal, oʻquvchiga qulay tarjima yaratishga harakat qildi. Uning ishini ogʻirlashtiradigan narsa uning islom haqida katta diniy bayonotlar berishga boʻlgan jasoratli urinishlari va din haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlmaganligidir. Biroq, uning Rupjalal tilidan samarali tarjimasi koʻproq talqinlarni osonlashtiradi va matn boʻyicha keyingi tadqiqotlarni ragʻbatlantiradi.

Yana qarang tahrir

  • Nawab Bari
  • Bengallik Zamindorlar
  • Begum Rokeya

Manbalar tahrir

  1. Prof. Sirajul Islam. „Choudhurani, (Nawab) Faizunnesa“. Banglapedia.org. Qaraldi: 4-sentabr 2013-yil.
  2. Saydul Karim. „Nawab Faizunnessa Chowdhurani History“. Nawab Faizunnessa Government College. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-oktabr 2013-yil.
  3. „Famous Bengali: Nawab Faizunnesa Chowdhurani ... | Bangladesh“. Mybangladesh.tumblr.com (12-iyun 2012-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2013-yil.
  4. „বাংলা সাহিত্যে মুসলমান নারী“. Daily Sangram. 4-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2013-yil.
  5. „নারী মহীয়সী“. Jaijaidin. Qaraldi: 3-sentabr 2013-yil.
  6. Hasan, Md. Mahmudul (Winter, 2010) Review of Nawab Faizunnesaʼs Rupjalal.
  7. „Page:The Indian Biographical Dictionary.djvu/48 - Wikisource, the free online library“.
  8. Lorimer, John Gordon. Gazetteer of the Persian Gulf, ʻOmān, and Central Arabia. Gregg International Publishers Limited [1908], 1970 — 285 bet. 
  9. Elita Karim. „A Dedicated Educationist“. the daily star (1-avgust 2008-yil). 2014-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2014-yil.
  10. Caudhurāṇī, Phaẏajunnesā. Nawab Faizunnesa's Rupjalal. BRILL, 2009 — 4 bet. ISBN 978-9004167803. 
  11. „In tribute to a great lady“. Theindependentbd.com (23-iyun 2013-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2013-yil.