Nayni Mamatqodirov (1925-yil tavallud topgan — 1984-yil 7-aprel vafot etgan) — Oʻzbekiston SSR Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani, “Savay” sovxozi brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976-yil). O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining IX va X chaqiriqlari deputati[1].

Nayni Mamatqodirov
Tavalludi 1925-yil
Vafoti 1984-yil
Andijon viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Unvoni
Mukofotlari

Hayoti va faoliyati

tahrir

1925-yilda Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati, hozirgi Oʻzbekistonning Andijon viloyati hududida tugʻilgan. Millati qirg'iz.

Mehnat faoliyatini 1941-yilda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Savay” sovxozida ishchi sifatida boshlagan. Keyinchalik o‘sha sovxozda gidrotexnik, keyin paxtachilik brigadasi brigadiri, kompleks-mexanizatsiyalashgan makkajo‘xori yetishtirish brigadasi brigadiri bo‘lib ishladi[1].

Brigadir Mamatqodirov katta ekin maydonlarida g‘o‘za va makkajo‘xori yetishtirish texnologiyasini mukammal o‘zlashtirdi, agrotexnika yangiliklarini, brigadaviy mehnat usulining ichki zaxiralarini samarali qo‘lladi. O‘tgan o‘n yillikda uning brigadasi har yili rejali topshiriqlarni ortig‘i bilan bajarib, Andijon viloyatida eng yuqori makkajo‘xori hosilini ko‘rsatdi[1].

Mehnat natijalariga ko'ra 1972-yilda Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1976-yil 25-dekabrdagi Farmoni bilan Butunittifoq sotsialistik musobaqasida erishilgan yuksak muvaffaqiyatlar, ishlab chiqarish va sotishni ko‘paytirish bo‘yicha rejalar va sotsialistik majburiyatlarni bajarishda ko‘rsatgan mehnat jasorati uchun 1976-yil, Nayni Mamatqodirov Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni va O'roq va Bolg'a oltin medali bilan taqdirlangan[1].

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining IX va X chaqiriqlari (1975–1985-yillar) deputati etib saylangan. Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashagan. 1984-yil 7-aprelda vafot etgan[2].

Mukofotlar

tahrir

Lenin ordeni (1972; 1976),

"Mehnatdagi faxri uchun" (1965)

Sotsialistik Mehnat Qahramoni

O'roq va Bolg'a oltin medali

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Nayni Mamatqodirov biografiyasi“.
  2. Депутаты Верховного Совета Узбекской ССР, 10-го созыв. Ташкент, 1981.