Ishev Nazar1859-yili tug‘ilgan, Shahrisabz shahridan, o‘zbek, quloqqa tortilgan, 1929-yili davlat majburiyatini bajarmaganligi uchun 3 yil qamoq jazosiga hukm qilingan, jazoni o‘tagan, diniy xizmatchi, imom. Avvaldan antisovet kayfiyatda bo‘lib doimiy ravishda aksilinqilobiy mag‘lubiyatchilik targ‘ibotini olib borgan, masjidda to‘planganlar orasida urush to‘g‘risida aksilinqilobiy bo‘hton mish-mishlar tarqatgan, yaqin orada hukumatda o‘zgarish bo‘lishini aytgan, zayom masalasida gapirib sovet hokimiyati zayom chiqarishda ko‘p narsani va’da qiladi-yu, tiraj va abligatsiyalarni to‘lash vaqgssa ularni arzimas bahoda olishga to‘g‘ri kelmoqda deb aytganlikda ayblangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 98-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.