Nazira Qurbon
Hayoti
tahrirToshpoʻlatova Nazira Qurbanovna 1970-yil 25-martda Fargʻona viloyati, Buvayda tumanidan tugʻilgan. Millati oʻzbek, oilali, ikki nafar farzandi bor. 1987-1992 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetida oʻqigan. Mutaxassisligi jurnalistika.
1994-yilda jurnalistika fakultetga aspiranturaga oʻqishga kirgan. Oliy ta’limda pedagogik faoliyatini 1996-yilda Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti qoshidagi Biznes xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutidan boshlagan. 2002-yildan OʻzDJTU Jahon jurnalistikasi tarixi, nazariyasi va amaliyoti kafedrasida oʻqituvchi sifatida faoliyatini davom ettirib, katta oʻqituvchi, dosent lavozimlarida ishlagan. 2005-yilda “Mustaqillik davri matbuotida oʻzbek adabiyoti muammolarning yoritilishi” mavzuida nomzodlik dissertasiyasi himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2009-yil 4-sentyabrdan OʻzDJTU Jahon jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. 2013-2017 yillarda kafedra mudiri, 2017-2018 yillarda kafedra dosenti, 2018—2019-yil yana shu kafedra mudiri lavozimida ishlagan.2019-yil 4-sentyabrdan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti, Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga mudiri sifatida ish boshlagan.
2004-yil “Iste’dod” jamgʻarmasida, 2011-yilda TDTU qoshidagi malaka oshirish institutida malaka oshirgan. 2015-yil may oyida OʻzMU qoshidagi Oliy pedagogika institutida, 2016-yil yanvar-fevral oylarida OVOʻMTV qoshidagi BIMMda, 2018-yil “El-yurt umidi” fondining granti asosida SPbGU oliy jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar oliy maktabida, 2019-yil KozMU (Qozogʻiston)ning yozgi malaka oshirish kursida malaka oshirgan. Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari ish faoliyatini tartiga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini yaxshi biladi va pedagogik faoliyatida ularga amal qiladi.
Sohaga oid 6 ta oʻquv qoʻllanma, 3tasi (hammualliflikda), 2ta darslik (hammualliflikda), 2 ta kitob (hammualliflikda), jurnalistikaga oid 10 tomlik ilmiy-ommabop toʻplamning 5ta jildida hammuallif sifatida qatnashgan. 50 dan ortiq, oxirgi 3 yilda 20dan ortiq ilmiy, 200dan ortiq publisistik, tahliliy maqolalar muallifi. Amaliy jurnalist sifatida ham katta tajribaga ega. Respublikaning yetakchi matbuot nashrlarida faoliyat olib borgan, hozir ham hamkorlik qiladi. Jurnalistik ijodning noziq qirralaridan yaxshi xabardor. Ayni paytda u Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Elektron OAV milliy assosasiyasi eksperti hisoblanadi, respublikamizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlariga sohadagi yangiliklar borasida seminar-treninglar oʻtadi. Toshpoʻlatova Nazira Qurbanovna jurnalistika ta’limi boʻyicha xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalaridan xabardor. U 2003-yilda AQSHning Bostondagi Nordistrn universitetida jurnalistika ta’limi boʻyicha tashkil etilgan oʻquv seminarlarda ishtirok etgan. 2008-yilda Kipr (Turkiya)da oʻtkazilgan xalqaro simfoiziumda ma’ruza bilan ishtirok etgan. 2013, 2017 yillarda Turkiyada, 2017-yil Xitoy Xalq Respublikasida, 2018-yil Hindistonda, 2018-yil Rossiyada, 2018, 2019-yil Qozogʻistonda, 2021, 2022 yillarda Turkiyada soha boʻyicha stajirovka va ijodiy safarlarda boʻlgan. Konferensiya va simfoziumlardan ma’ruzalar bilan ishtirok etgan. 2022-yil oktyabrda Turkiyada oʻtkazilgan “Turk dunyosi hujjatli filmlar festivali”ida hakamlar hayati boʻldi. Uning rahbarligida iqtidorli talabalardan H.Usmonova 2015-2016 oʻquv yilida, M.Qayumova 2016-2017 oʻquv yilida, D.Avvalboyeva, magistranti O. Qulmurodova 2017-2018 oʻquv yilida, I.Avvalboyeva 2019-2020 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stitendiantlari, Mehrinoz Abbosova “Shuhrat” medali sohibasi boʻlganlar. OʻzJOKU 2-kurs talabasi Muxlisa Mamajonova “Mutaxassisligi boʻyicha yilning eng yaxshi talabasi”, Mustaqil Hamdoʻstlik Davlatlari talabalari ichida “Eng yaxshi yosh olim-2021” xalqaro tanlovining 1-darajasi diplomi bilan taqdirlandi.
Nazira Toshpoʻlatovaning oʻnga yaqin tadqiqotchiga ilmiy rahbarlik qiladi. Uning ilmiy rahbarligida universitet tayanch doktoranti Sadoqat Maxsumova doktorlik dissertasiyasini muddatidan bir yil avval himoya qilib, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) boʻldi. Hozirda ikki nafar tayanch doktoranti ilmiy ishini yakunlab himoya jarayonlariga tayyorgarlik koʻrmoqda oʻtdi.https://www.xabar.uz/uz/jamiyat/internet-jurnalistikasi-kadrlar-masalasi-jurnalist
Erishgan yutuqlari
tahrirU jurnalistik faoliyati davomida bir necha respublika tanlovlarning gʻolibi hamdir. Xususan, 2006-yilda jurnalist ayollar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Atirgul”, 2008-yilda “Matbuotimiz malikasi” respublika koʻrik-tanlovining “Eng tashabbuskor jurnalist ayol” nominasiyasi gʻolibi boʻlgan. Toshpoʻlatova Nazira Qurbanovna 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovida “Mutaxassisligi boʻyicha yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” boʻyicha gʻolib boʻlgan. Milliy jurnalistika rivoji va jurnalist kadrlarni yetishtirishga qoʻshgan hissasi uchun 2019-yil 27-iyunda davlat mukofoti “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy attestasiya komissiya tomonidan professor unvoniga sazovor boʻldi.
Filologiya fanlari nomzodi, professor Toshpoʻlatova Nazira Qurbanovna pedagogik faoliyati davomida rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajaradi. Yangi universitetda kafedra mudiri sifatida faoliyat boshlagandan to hozirga qadar toʻrtta (ikkitasi Oʻzbekistonda) xalqaro, ikkita respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini yuqori saviyada oʻtkazishda bosh-qosh boʻldi.https://lib.jbnuu.uz/book/46[3][4]
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda
sarlavha=
parametrini belgilashingiz kerak. „“. - ↑ http://old.natlib.uz:8101/eng/article/1263/
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
- ↑ Назира Қурбон. Фирдавс Саидов. Журналистиканинг ҳуқуқий асослари.