Nazirulla Mannonovich Mannonov (1909.15.3 — Toshkent — 1981.23.9) — olim, agronom, VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Mehnat Qahramoni (1957). Oʻrta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutini tugatgan (1933). SoyuzNIXIning Oqqovoq sugʻorish va agrotexnika markaziy stansiyasida ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1934— 51). Toshkent viloyatidagi "Qizil Oʻzbekiston"kzi raisi (1951—58), SoyuzNIXI direktori (1958-61, 1966-72), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri (1961—62), Kuba hukumati huzurida bosh maslahatchi — tashkilotchi (1962— 63), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari — fan bosh boshqarmasi boshligʻi (1972-77), 1977-81 yillarda VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi dehqonchilik va kimyolashtirish seksiyasi raisi. Ilmiy ishlari tuproq mahsuldorligini oshirish, gʻoʻza-beda va don ekinlar almashlab ekishni oʻrganish va joriy qilish, mineral oʻgʻitlar va boshqalarni koʻllash masalalariga bagʻishlangan.

Adabiyot tahrir

  • Udobreniye xlopchatnika v sevooborote, T., 1971 (v soavtorstve).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil