Neal Mohan
Neal Mohan (1973-yil 14-iyulda tugʻilgan[2]) — amerikalik biznes boshqaruchisi, YouTubening hozirgi bosh ijrochi direktori[3][4].
Neal Mohan | |
---|---|
Mohan Nyu York shahrida, 2023-yil 19-sentyabr | |
Tavalludi |
14-iyul 1973-yil[1] Lafayette, Indiana, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Stanford universiteti |
Kasbi | Biznes boshqaruvchisi |
Unvoni | YouTube bosh ijrochi direktori (2023—hozirgacha) |
Turmush oʻrtogʻi |
Hema Sareen Mohan (turm. 1996) |
Imzosi | |
Mohan Indiana shtatining Lafayette shahrida tugʻilgan[5]. Bolaliginining koʻp qismini Qoʻshma Shtatlarda oʻtkazgan. Keyin 1985-yilda oilasi bilan Hindistonga koʻchib oʻtgan[6]. 1992-yilda yana AQShga koʻchib oʻtib, Stanford universitetida oʻqishga kirgan. Ektrotexnika boʻyicha mutaxassislik boʻyicha tahsil olgan va 1996-yilda universitetni tamomlagan[7]. Mohan Accenture kompaniyasida ish boshlagan, soʻngra NetGravity deb nomlangan startapga qoʻshilgan. Kompaniyada tezda taniqli shaxsga aylangan.
DoubleClick 2007-yilda Google tomonidan sotib olingan boʻlib, bu xarid asosan Google ijrochi direktori Susan Wojcicki tomonidan amalga oshirilgan. Wojcicki va Mohan keyingi oʻn besh yil davomida birga ishladilar. 2015-yilda Mohan Wojcicki bosh direktor boʻlgan YouTube kompaniyasining bosh mahsulot direktori boʻlgan. 2010-yillarning oxiri va 2020-yillarning boshlarida Mohan kompaniyaning YouTube TV, YouTube Music, YouTube Premium va YouTube Shorts kabi koʻplab loyihalariga boshchilik qilgan. Wojcicki 2023-yil fevral oyida isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Mohan YouTube bosh direktori lavozimini egalladi.
Yoshligi
tahrirNeal Mohan 1973-yil 14-iyulda Indiana shtatining Lafayette shahrida tugʻilgan. Ota-onasi Aditya Mohan va Dipa Mohan lakhnaulik hindlar edi[8]. Aditya Mohan 1970-yillarning boshlarida qurilish muhandisligi boʻyicha falsafa doktori darajasini olish uchun Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan, Purdue universitetiga qabul qilingan[9][10]. Mohan AQSHning Michigan va Florida shtatlarida katta boʻlgan. 1985-yilda oilasi bilan Hindistonga koʻchib oʻtgan va keyingi yetti yilda St. Frencis kollejida oʻqigan[11]. 1991- va 1992-yillar oraligʻida Mohan yana Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan[12][13]. Stanford universitetida oʻqigan, 1996-yilda elektrotexnika mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni tamomlagan[14][15].
Faoliyati
tahrirAccenture va NetGravity
tahrirOʻqishni tugatgandan soʻng, Mohan Arthur Andersenga tegishli boʻlgan Accenture kompaniyasida ishlagan. 1997-yilda NetGravity deb nomlangan startapga qoʻshilgan. Kompaniya faoliyatida asosiy shaxsga aylangan va uning nufuzini ancha kengaytirgan[16].
DoubleClick
tahrir1997-yilda NetGravity DoubleClick tomonidan sotib olindi. Mohan Kaliforniyadan kompaniyaning Nyu Yorkdagi bosh qarorgohiga koʻchib oʻtdi. Keyingi bir necha yil ichida asta-sekin kompaniyaning markaziy biznes ishlariga koʻproq jalb qilindi. Mohan biznes operatsiyalari boʻyicha vitse-prezident boʻldi[17].
2003-yilda u BBM darajasini oʻqish uchun Stanfordga qaytib keldi. Stanfordda boʻlganida, DoubleClick kompaniyasi 1999-yilda Abacus Direct kompaniyasini sotib olganidan keyin jiddiy muammolarga duch keldi. Hellman & Friedman kompaniyaning boʻlinishi oqibatida uzoq yillik rahbar Devid Rozenblattdan DoubleClickning bosh ijrochi direktori bo‘lishini so‘radi. Rosenblatt ushbu taklifni qabul qildi va 2005-yilda MBA diplomini olganidan soʻng Mohanni ham oʻz safiga qoʻshdi, ammo Mohanning shartiga koʻra, u faqat Kaliforniyada qolishi kerak edi[18].
Birgalikda Rozenblatt va Mohan DoubleClickni reklama almashinuvi, asosiy reklama texnologiyasi holatlari va keng qamrovli reklama tarmogʻiga yoʻnaltirilgan kompaniya sifatida tashkil etish rejasini tuzdilar. Bu reja 400 slayddan iborat PowerPoint taqdimotida bayon etilgan boʻlib, uni yaratgan yoki koʻrgan odamlar hozirgi kunda ham Googlening biznes rejalari uchun taʼsir koʻrsatishda davom etayotganini aytadilar. Reja 2005-yil dekabr oyida DoubleClick va Hellman & Friedman direktorlar kengashiga taqdim etildi va ular tomonidan maʼqullandi[19].
2007-yil 13-aprelda Google DoubleClickni 3,1 milliard AQSh dollariga sotib olishga rozi boʻldi. Bu harakatni asosan Google rahbari Susan Wojcicki uyushtirgan. Keyingi 15 yil davomida 2007-yilda Googlega rasman qoʻshilgan Mohan bilan keng koʻlamda ishladi va DoubleClick bilan integratsiyalashuv jarayonida muhim rol oʻynadi[20][21]. Googleda ishlagan paytida Mohan kompaniyaning 2010-yilda 85 million AQSh dollari evaziga Invite Mediani sotib olish jarayonini boshqargan. YouTubeʼga oʻtishdan oldin, Googleda displey va video reklamalar boʻyicha katta vitse-prezident boʻlib ishlagan[21].
2011-yilda, endi Twitter direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan Rozenblatt, Mohanni bosh mahsulot direktori sifatida ishga olishga harakat qildi. Mohan deyarli bu taklifni qabul qilayotgan bir paytda, Google unga kompaniyada qolishi uchun 100 million AQSh dollari toʻladi. Facebookning sobiq yuqori lavozimli rahbari ham Googleda ishlayotgan paytida Mohanni ishga olishga harakat qilganini aytgan[22].
YouTube
tahrirMohan 2015-yilda YouTubega (Google shoʻba korxonasi) mahsulot direktori sifatida qoʻshildi[23][24]. Kompaniyadagi faoliyati davomida 2010-yillarning oxiri va 2020-yillarning boshlarida YouTube Music, YouTube TV, YouTube Premium va YouTube Shorts kabi bir qator loyihalarni boshqargan[25][26]. 2023-yil 16-fevralda Mohan Susan Wojcicki oʻrniga YouTube bosh direktori etib saylandi[27].
Boshqa tashabbuslari
tahrirMohan shuningdek, Microsoft bilan ham ishlagan va hozirda Stitch Fix va 23andMe kompaniyalari direktorlar kengashi aʼzosi.
Shaxsiy hayoti
tahrirMohan Hema Sareen Mohanga uylangan. Ayoli yigirma yil davomida notijorat va davlat farovonligi sohasida ishlagan[28]. DoubleClick kompaniyasida ishlagan vaqtida Nyu Yorkda turmush qurishgan[29].
Manbalar
tahrir- ↑ Andoza:Cite interview
- ↑ „Neal Mohan bio“ (en). YouTube for Press (2023-yil 28-mart). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ „Who is Neal Mohan? An Indian-American to become CEO of YouTube“. The Times of India (2023-yil 17-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ „Changing of the Guard: YouTube CEO Susan Wojcicki Steps Down, Indian-American Neal Mohan Takes Over, New CEO of Youtube“. RW Media World (2023-yil 18-fevral). 2023-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-fevral.
- ↑ „Neal Mohan bio“ (en). YouTube for Press (2023-yil 28-mart). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ https://timesofindia.indiatimes.com/city/lucknow/youtubes-new-ceo-was-a-shy-boyrecall-his-lucknow-school-mates/articleshow/98054519.cms
- ↑ https://www.businesstoday.in/latest/trends/story/my-father-landed-in-us-with-usd-25-in-pocket-youtube-ceo-neal-mohan-shares-childhood-memories-of-india-404104-2023-11-01
- ↑ https://youtube/sFG6FCV9bV0?si=eV1JOQJCX0PrF22L[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://www.businesstoday.in/latest/trends/story/he-was-a-shy-boy-recall-youtubes-new-ceo-neal-mohans-lucknow-schoolmates-370746-2023-02-19
- ↑ „Neal Mohan bio“ (en). YouTube for Press (2023-yil 28-mart). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-mart.
- ↑ Interviewing My Boss: YouTube's Chief Product Officer – NEAL! (inglizcha), April 4, 2023da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2023-03-29
- ↑ „Who is Neal Mohan? An Indian-American to become CEO of YouTube“. The Times of India (2023-yil 17-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ „From Lucknow to USA: Indian-American Neal Mohan's journey to becoming YouTube CEO“ (en). businessinsider.in. 2023-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
- ↑ „YouTube CEO Wojcicki, one of the first Google employees, steps down“ (en). Reuters (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Carlson. „Google Paid This Man 1100 Million: Here's His Story“ (en-US). Business Insider. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Carlson. „Google Paid This Man 1200 Million: Here's His Story“ (en-US). Business Insider. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Carlson. „Google Paid This Man 1300 Million: Here's His Story“ (en-US). Business Insider. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Carlson. „Google Paid This Man 1400 Million: Here's His Story“ (en-US). Business Insider. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Carlson. „Google Paid This Man 1500 Million: Here's His Story“ (en-US). Business Insider. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ „A personal update from Susan“ (en-us). blog.youtube. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ 21,0 21,1 Morris. „6 things to know about new YouTube chief Neal Mohan“. Fast Company (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Carlson. „Google Paid This Man 1800 Million: Here's His Story“ (en-US). Business Insider. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Roth. „YouTube CEO Susan Wojcicki steps down after nine years at the helm“ (en-US). The Verge (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ „Who is Neal Mohan? An Indian-American to become CEO of YouTube“. The Times of India (2023-yil 17-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ McCracken. „After a year like no other, YouTube is previewing what's next“. Fast Company (2021-yil 17-sentyabr). 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Marino. „A chat with YouTube chief product officer Neal Mohan on new features coming this year“ (en-US). The Verge (2022-yil 10-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
- ↑ „YouTube CEO Wojcicki, one of the first Google employees, steps down“ (en). Reuters (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
- ↑ Bureau. „All About Neal Mohan, The Next Indian-American CEO Of YouTube“ (en). news.abplive.com (2023-yil 16-fevral). 2023-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
- ↑ Carlson. „Google Paid This Man 2500 Million: Here's His Story“ (en-US). Business Insider. 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
Havolalar
tahrir- Neal Mohan Twitterda