Neha Mahajan
Neha Mahajan (1990-yil 18-avgustda tugʻilgan) hind aktrisasi va modeli boʻlib, marathi teatridan tashqari asosan marathi va hind filmlaridagi rollari bilan tanilgan.[1][2] Mahajan oʻzining debyutini 2012-yilda ingliz filmida, Kanada-Britaniya ishlab chiqarishida Dipa Mehta tomonidan suratga olingan Midnigtʼs Children filmida qilgan.
Neha Mahajan | |
---|---|
Tavalludi |
18-avgust 1990-yil Talegaon Dabhade, Maharashtra |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2004-hozirgacha |
Faoliyati
tahrir2013-yilda Neha Mahajan Madhav Vazening Marathi tilidagi Gamlet spektaklida Ofeliya rolini ijro etgan.[3] Keyin u Ajoba (2013) va Feast Varanasi (2014) filmida paydo boʻlgan.[4] 2015-yilda u The Printed House nomli hind dramasida Vishaya rolida oʻzining Mollywooddagi debyutini qilgan.[5] Yaqinda Neha 2019-yilda Netflix-ning distopik dramasi Leyla serialida paydo boʻldi. Neha Mahajan Rohit Shettining Simmba filmida ham koʻrilgan. 2020-yilda Neha Mahajan Gollywooddagi Extraction trillerida debyut qilgan.
Yoshligi
tahrirMahajan sitar sanʼatkori Pandit Vidur Mahajanning qizi boʻlib, unga yakkaxon chiqishlari bilan birga sitar chiqishlarida hamrohlik qiladi. U Maxarashtra shtatining Pune shtatidagi Talegaon Dabhade shahrida tugʻilgan.[6] Mahajan yoshligidan filmlar tomosha qilishni toqtirgan va aktrisa bo`lishni hohlagan. U har xil maktab va kollejdagi tadbir spektakllarida rollar ijro etgan va olqishlangan. Mahajan Texasdagi Trimble Tech High Schoolda oʻqigan va keyinchalik Pune universitetida falsafa boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan. U teatr va kino bilan shugʻullangan va marathi, ingliz, hind va malayalam tillaridagi kinoteatrlarda ishlagan.
Filmografiyasi
tahrirYil | Nom | Til | Rol | Izohlar |
---|---|---|---|---|
2012 | Midnightʼs Children | Ingliz | Yosh Naseem | |
2014 | Ajoba | Marathi | ||
Feast of Varanasi | Hind | Maya | ||
2015 | Coffee Ani Barach Kahi | Marathi | Abha | |
Nilkanth Master | Yashoda | |||
The Painted House | Malayalam | Vishaya | ||
2016 | Aai Tujha Aashirwad | Marathi | ||
Friends | ||||
Youth | Yutika | |||
One Way Ticket | Urvashi | |||
2017 | Tujha Tu Majha Mi | Rajashree | ||
2018 | Gaon | Hind | Sango | |
Simmba | Kavya | |||
2019 | Leila | Pooja | Netflix | |
2020 | Extraction | Ingliz | Neysa | Netflix |
2021 | Koi Jaane Na | Hind | Bindiya | Amazon Prime |
Manbalar
tahrir- ↑ Praveen, S.R.. „Directors out against CBFC directives“. The Hindu (2015-yil 31-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
- ↑ Ghosalkar, Ashwini. „4th Jio Filmfare Awards Marathi 2018: Neha Mahajan has two Bollywood projects in her kitty!“. The Times of India (2018-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
- ↑ Shetty, Akshata. „Theatre director Madhav Vaze directs Shakespeare's Hamlet in Marathi“. Times of India (2013-yil 28-fevral). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
- ↑ „Supreme Motion Pictures launched at a star-studded event“. Times of India (2013-yil 24-iyul). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
- ↑ Kannan, Arathi. „'Chaayam Poosiya Veedu': Angels and demons...“. Manorama Online... (2015-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 14-fevral.
- ↑ „Talegaon girl Neha mahajan makes her Bollywood debut“. Sakaal Times (2013-yil 4-fevral). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.