Nemischa-o‘zbekcha grammatik atamalar izohli lug‘ati
Nemischa-oʻzbekcha grammatik atamalar izohli lugʻati – mazkur lugʻat 800 ga yaqin grammatik terminlarni oʻz ichiga oladi. Lugʻatga asosan grammatika sohasida eng koʻp ishlatiladigan, jumladan nemis tili nazariy va amaliy grammatikasida keng qoʻllaniladigan terminlar kiritilgan. Undan tashqari lugʻatda nemis tili tarixi, roman-german filologiyasi, qiyosiy tipologiya, umumiy tilshunoslik fanlariga oid va nemis tili grammatikasiga u yoki bu tarzda aloqasi boʻlgan ba’zi umumiy terminlar ham kiritilgan.
Asl nomi | Nemischa-oʻzbekcha grammatik atamalar izohli lugʻati |
---|---|
Muallif(lar) | T.Z.Mirsoatov, M.Sattarov |
Mamlakat | O'zbekiston Toshkent |
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | lugʻat |
Nashr etilgan sanasi | 1992 |
Nashriyot | “Oʻqituvchi” nashriyoti |
Sahifalar soni | 152 bet |
ISBN | 5-645-01079 |
Izohli lugʻatda grammatik terminlar oldin nemischa, qat’iy alifbo asosida, ularning muqobil variantlari va ta’riflari qisqa izohlangan holda oʻzbek tilida berilgan. Qiyin grammatik hodisa va terminlarning tushuntirilishini yengillashtirish maqsadida, ular misollar bilan boyitilgan.
Masalan:
Morphologie f – Morfologiya.
(grek. morphe-shakl, logos-ta’limot). Morfologiya grammatikaning soʻz formalari, ularning tuzilishi, turkumlarga ajralishi va oʻzgarishlarini oʻrganadigan qismidir.
aynan. Formenlehre f
Mazkur grammatik atamalar izohli lugʻatidan nemis tilini oʻrganayotgan barcha yoshdagi oʻquvchilar foydalanishi mumkin.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- T.Z.Mirsoatov, M.Sattarov. Nemischa-oʻzbekcha grammatik atamalar izohli lugʻati, “Oʻqituvchi” nashriyoti, 1992, 152 bet