Neoklassik iqtisodiy nazariya — iqtisodiy nazariyada marjinalizm gʻoyalari anʼanalarini davom ettirgan yetakchi yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashhur vakillari Marshall Alfred (Buyuk Britaniya), Leon Valras (Shveysariya), J. Klark (AKD1), K. Viksel (Shvetsiya), A. Pareto (Italiya), Paul Samuelson, Kenneth Arrow (AKD1) va boshqa hozir jahondagi iqtisodchilarning aksariyat qismi „Neoklassik iqtisodiy nazariya“ tarafdorlaridir. Mazkur nazariya marjinalistik tamoyillar asosida shakllanib, 20-asrdan „Neoklassik iqtisodiy nazariya“ deb nomlandi.

Neoklassik iqtisodiy nazariya n.da raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllanadi. Neoklassik iqtisodiy nazariya omillari va tovarlarning bozor narxi ularning kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iqtisodiy nazariya n. nuqtai nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining iqtisodiy faoliyatida qabul qila-digan qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Neoklassik iqtisodiy nazariya n.ning asosiy goyasi mukammal raqobat muvozanatli iqti-sodiyotni yaratadi degan qarashdaniborat. Shuningdek, bu nazariyada iqti-sodiyot tavsifiga mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik qiladi. D. Rikardo va K. Marks davrida katta munozara-ixtiloflarga sabab boʻlgan daromadlarni taqsimlash nazariyasi masalasida neoklassiklar uni juda tinch va joʻn yoʻl bilan hal etadilar: har qanday ishlab chiqarish omili egasi bu omilning meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan mah-sulotga teng daromad oladi. Neoklassik iqtisodiy nazariya n. har qanday bozorni talab va taklif egri chiziqlari yordamida tahlil qiladi. Talab va taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli miqdorini koʻrsatib beradi.

A. Marshall 1890-yilda yozilgan "Iqtisodiyot tamoyillari" asarida "siyosiy iqtisod" tushunchasidan voz kechdi va "economics" tushunchasini qoʻlladi. Bu tushunchaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan barobar voqea edi. Chunki davlatning iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt ham samarali boʻlavermagan. 1902-yildan boshlab "Ekonomiks" kursi Kembrij universitetida oʻqitila boshlandi. Yangi yoʻnalish tarafdorlari erkin raqobat va bozor gʻoyasini yana jonlantirdilar, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini keskin cheklash kerakligini koʻrsatib berishdi. Neoklassik iqtisodiy nazariya n.larning bir qancha maktablari mavjud: Avstriya maktabi, Lozanna (matematik) maktabi, Kembrij (ingliz) maktabi, Amerika maktabi. Keyingi davrda (P. Samuelson) "neoklassik sintez" konsep-siyasi ham paydo boʻldi. "Neoklassik sintez" bu aslida hozirgi neokeynschilik va neoliberal goyalarni ilk neoklassik karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-rilishidir.

Hozirgi davrda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Neoklassik iqtisodiy nazariya n. iqtisodiyot fanining amalda barcha muammolariga nisbatan qoʻllanadi.

Manbalar

tahrir