Aleksandr Nikolayevich Nesmeyanov [1899.28.8(9.9) — Moskva — 1980.17.1] — rus organik kimyogari, SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1943), prezidenti (1951—61). Asosiy tadqiqotlari metallorganik birikmalar kimyosiga bagʻishlangan. 1929-yilda simoborganik birikmalarni diazousul yordamida sintezlashni taklif etdi. Bu usul keyinchalik Sn, Pb, Ti, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarga ham qoʻllanildi (Nesmeyanov reaksiyasi). Mg, Zn, Cf, Al, Te, Sn, Pb, Sb, Bi kabi metallorganik birikmalarni simoborganik birikmalardan sintezlab olishning oson va qulay usulini ishlab chikdi. Xloron, bromon va ta-riarilokson birikmalarini birinchi boʻlib sintez qildi; metallotro-piya hodisasini kashf etdi.

Adabiyotlar tahrir

  • Izbr. trudi v 4-x t., 1—4, M, 1959; Ximiya ferrotsena, 1969; Issledovaniya v oblasti organicheskoy ximii, M., 1971.