Nestor Tolstixin
Nestor Ivanovich Tolstixin (1896-yil 9-noyabr, Xabarovsk, Primorsk oʻlkasi – 1992-yil 20-fevral, Sankt-Peterburg) – sovet geologi, gidrogeolog, RSFSRda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi, ikki marta F. P. Savarenskiy mukofoti laureati.
Nestor Ivanovich Tolstixin | |
---|---|
Tavalludi |
9-noyabr 1896-yil Xabarovsk, Primorsk oʻlkasi |
Vafoti |
20-fevral 1992-yil Sankt-Peterburg |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi→ SSSR→ Rossiya |
Sohasi | geologiya |
Ish joylari | Markaziy Osiyo davlat universiteti |
Taʼlimi | Moskva davlat universiteti |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirNestor Ivanovich Tolstixin 1896-yil 9-noyabrda Xabarovskda tugʻilgan[1].
1914-yilda Chitadagi oʻrta maktabni tugatgan.
1923-yilda Moskva davlat universitetining tabiiy fanlar fakultetini tamomlagan.
1924–1928-yillarda Oʻrta Osiyoda geologiya-qidiruv ishlari bilan shugʻullanib, Toshkentdagi Oʻrta Osiyo Davlat universitetida (SADU) assistent, soʻngra dotsent boʻldi.
1928-yildan 1935-yilgacha Geolkomdan Sibir va Uzoq Sharqda gidrogeologik tadqiqotlar olib borgan.
Shu bilan birga, 1929-yilda Toshkentdagi SAGUda oʻqituvchilik qilgan.
1930-yildan Leningraddagi Kimyo-texnologiya va konchilik institutida ishlagan.
1937-yildan 1938-yilgacha u Spetsgeoda geolog boʻlgan va „SSSR gidrogeologiyasi“ nashrining bosh muharriri boʻlib ishlagan. Keyinchalik, 1941-yilga qadar u nashrning bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan.
1938-yildan 1974-yilgacha gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi kafedrasi mudiri, 1951-yildan 1954-yilgacha Leningrad konchilik instituti geologiya-qidiruv fakulteti dekani boʻlgan.
1974-yildan umrining soʻnggi kunlarigacha Gidrogeologiya kafedrasida maslahatchi professor lavozimida ishlagan.
Nestor Ivanovich Tolstixin 1992-yil 20-fevralda vafot etgan[2].
Mukofotlari
tahrir- Lenin ordeni
- „Leningrad mudofaasi uchun“ medali (1943)
- „1941–1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali (1945)
- ikki karra F. P. Savarenskiy nomidagi mukofot (1959, 1962)
Adabiyotlar
tahrir- 90-letie Nestora Ivanovicha Tolstixina // Sovetskaya geologiya. 1987, № 2, s. 122—123.
- Shayakubov T. Sh., Xasanov A. S., Volkov V. P. i dr. N. I. Tolstixin (K 90-letiyu so dnya rojdeniya) // Uzbekskiy geologicheskiy jurnal. 1987, № 3, s.86-87.
- Pamyati Nestora Ivanovicha Tolstixina // Sovetskaya geologiya. 1992, № 8, s.95.
- Kiryuxin V. A. Nestor Ivanovich Tolstixin (jiznenniy i tvorcheskiy put). 1896—1992. Pod red. Yu. F. Manuxina. – SPb.: Sankt-Peterburgskiy gosudarstvenniy gorniy institut im. G. V. Plexanova, 2006. – 140 s.
Manbalar
tahrir- ↑ „Толстихин Н. И.“. www.ez.chita.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Нестор Иванович Толстихин“. www.rusneb.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
Havolalar
tahrir- „Толстихин Нестор Иванович (Контент-платформа Pandia.ru)“. pandia.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-aprel.
- „Энциклопедия Забайкалья. Толстихин Нестор Иванович“. encycl.chita.ru. Qaraldi: 2017-yil 19-aprel.
- Bibliografiya