New State Mobile
New State Mobile (ilgari PUBG: New State nomi bilan tanilgan) — bu Krafton tomonidan ishlab chiqilgan iOS va Android qurilmalari uchun Bluehole tomonidan nashr etilgan, mobil multiplayer onlayn jangovar videooʻyini. Oʻyin 2021-yil 11-noyabrda chiqarilgan[4][5]. Bu PUBG Universe'dagi ikkinchi oʻyin boʻlib, PUBG: Battlegrounds va PUBG Mobile'ning davomi sifatida joylashtirilgan.
New State Mobile | |
---|---|
Ishlab chiqaruvchi | PUBG Studios |
Nashir etuvchi | Krafton |
Chiqarilgan sana | 11-noyabr, 2021-yil |
Oʻyin byudjeti | 32,42 million dollar |
Prodyuser | Minkyu Park |
Geymdizayner | Unreal Engine 4[1] |
Bastakor |
Tom Salta Brian Tyler Shem von Schroeck Inon Zur |
Oʻyin seriyasi | PUBG Universe[2][3] |
Janr |
Birinchi shaxs otishma Uchinchi shaxs otishma Jangovar |
Platformalar | iOS, iPadOS, Android |
Yosh chegarasi | +13 yosh |
Oʻyin rejimlari | Multiplayer |
Versiya | 0.9.57.566 (18.12.2023) |
Oʻyin jarayoni
tahrirOʻyinda 100 nafar oʻyinchi oʻyinning asosiy xaritasi boʻlgan Troya deb nomlangan 8x8 olisdagi orolga samolyotdan sakrab tushadi. Orolga tushgan jangchilar kerakli narsalarni, qurollarni to'plagach, bir-birlari bilan jang qiladi. Omon qolish uchun kurashadi va oxirgi omon qolgan o'yinchi gʻolib boʻladi. Oʻyin 2051- yilda Shimoliy Amerika Qoʻshma Shtatlarida futuristik muhit, binolar, arxitektura va yodgorliklar bilan boʻlib oʻtadi[6].
Yangi xususiyatlar (PUBG: Mobile -ga tanish boʻlganlardan tashqari) quyidagilarni oʻz ichiga oladi: dronlar, ballistik qalqonlar, neon nishonlar, janglarda muvozanatni saqlash, oʻlgan jamoadoshlarni tiriltirish va oʻz otryadingizga urilgan dushmanlarni „yollash“[7]. Avtotransport vositalariga quyidagilar kiradi: futuristik avtomobillar, aravachalar, mototsikllar, qayiqlar va planerlar.
New State Mobile ikkilamchi 4v4 multiplayer rejimlarini oʻz ichiga oladi, masalan: 4 tagacha qurolga ega Team Deathmatch, Arena Deathmatch, Training Ground va original PUBG[8] dan 2051-yildan ilhomlangan holda qayta ishlangan Erangel xaritasi.
Rivojlanish
tahrir2021-yil fevral oyida PUBG Studios (Krafton kompaniyasining ichki boʻlimi) PUBG: New State kodli oʻyinni ishlab chiqishni eʼlon qildi, u asl PUBG va uning yaqin kelajakda (2051) boʻlib oʻtadigan mobil versiyasining davomi boʻlishi kerak edi.)[9].
2021-yil iyul oyida Krafton o‘yin birgina Google Play’da 20 million oldindan ro‘yxatdan o‘tganini xabar qildi[10].
28-avgust kuni dunyoning 28 davlatida alfa testi yakunlandi. U tugallangandan beri ishlab chiquvchilar ishtirokchi foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari asosida yaxshilanishlar va tuzatishlar kiritdilar[11].
Sentyabr oyidayoq oʻyin Google Play va App Store doʻkonlarida birlashtirilgan 50 million oldindan roʻyxatdan oʻtishdan oshib, oldindan roʻyxatdan oʻtish rekordini yangiladi va dastlabki muvaffaqiyatni bashorat qildi[12].
2021-yil 11-noyabrda New State Mobile butun dunyo boʻylab iOS va Android tiximidagi qurulmalarga chiqarildi[13].
2022-yil 27-yanvarda oʻyin nomining PUBG: New Statedan New State Mobilega[14] oʻzgarishi eʼlon qilindi. Qayta nomlash keyinchalik barcha platformalarda amalga oshirildi. Chunki Pubg Mobile bilan nomi oʻxshash boʻlishi kerak edi[15].
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmed, Wasif. „What is PUBG: New State's minimum system requirements?“. Dot Esports (2021-yil 22-oktyabr). 2022-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ Prescott, Shaun (19 January 2021). „A new game in the PUBG universe will release on PC and consoles 'by next year'“. PC Gamer.
- ↑ Fenlon, Wes (4 August 2021). „PUBG Universe, PUBG is called PUBG: Battlegrounds now?“. PC Gamer.
- ↑ „PUBG New State : New State launched in India on Android, iOS - Times of India“ (en). The Times of India (2022-yil 11-noyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ Ahmed, Wasif „PUBG: New State will reportedly be released on Nov. 11“ (en). Dot Esports (2021-yil 21-oktyabr). 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ Goslin, Austen „The next PUBG mobile game is futuristic“ (en). Polygon (2021-yil 25-fevral). 2021-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ Brown, C. Scott „PUBG New State: Everything you need to know (Update: Available now!)“ (en). Android Authority (2021-yil 11-noyabr). 2022-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ Ahmed, Wasif „PUBG: New State will feature Erangel map and TDM mode“ (en). Dot Esports (2021-yil 22-oktyabr). 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ „Characters | Characters listing“ (en). pubg-universe.com. 2021-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ Verma, Shubham „PUBG New State iOS pre-registrations begin next month, no update on Battlegrounds Mobile iOS release“ (en). India Today (2021-yil 12-iyul). 2021-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ DNA Web Team. „BAD news for PUBG Mobile India fans: Know what Krafton says about PUBG New State Alpha Test“ (en). DNA India (2021-yil 10-avgust). 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ „PUBG: NEW STATE - Assets - KRAFTON Press Room“ (en). press.pubg.com. 2022-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ „"KRAFTON OFFICIALLY LAUNCHES PUBG: NEW STATE GLOBALLY" - KRAFTON Press Room“ (en). press.pubg.com. 2021-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
- ↑ NEW STATE MOBILE [@_NEWSTATEMOBILE]. „NEW STATE has always been a mobile-focused experience, and through the transformation to NEW STATE MOBILE, we are bringing this to the core“ (en) (2022-yil 27-yanvar).
- ↑ IST, David Delima | Updated: 28 January 2022 14:03 „PUBG New State Renamed to New State Mobile: All You Need to Know“ (en). NDTV Gadgets 360. 2022-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-fevral.