Neyromultivit preparati
Neyromultivit preparati
tahrirPreparatning savdo nomi:Neyromultivit
Ta'sir etuvchi moddalar(XPN):tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, siankobolamin
Chiqarilish shakli:inyeksiya uchun eritma 2ml
Tarkibi:2ml eritma tarkibida quyidagilarni saqlaydi:faol moddalar:100 mg tiamin gidroxloridi;100 mg piridoksin gidroxloridi;1 mg siankobolamin; yordamchi moddalar dietanolamin, inyeksiya uchun suv
Farmokoterapevtik guruhi:vitaminlar, B guruh vitaminlar majmuasi
Qo'llanilishi:
-turli sababli polineyropatiyalar
-nevritlar va nevralgiyalar
-umurtqa pog'onasining degenerativ kasallliklari oqibatidagi radikulonevritlari (bo'yin sindromi, kaft va bilak sindromi, bel-dumg'aza sindromi)
-ishialgiya
-uch shoxli nerv nevralgiyasi, qovurg'alararo nevralgiyada qoʻllanadi.
Qo'llash usuli va dozalari:Preparat faqat mushak ichiga (dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga) yuboriladi. Og'ir o'tkir holatlarda-sindrom bartaraf etilguncha kuniga 1 inyeksiya, og'ir bo'lmagan holatlarda-1 inyeksiyadan haftada 2 - 3 marta.
Nojo'ya ta'sirlari:
Juda kam hollarda<1-10.000
-yuqori sezuvchanlik reaksiyalari(asosan teri ko'rinishlari shaklida)
-anafilaktik reaksiyalar
-reflekslarni yo'qolishi bilan Sensor nevropatiya, ataksiya yuzaki va chuqur sensor faoliyati buzilishi simpatoplegiya
-xlorid kislota gipersekretsiyasi
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:
-preparatning faol yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,
-eritremiya, eritrotsitoz
-B guruh vitaminlari gipervitaminozida qo'llash mumkin emas.
Dorixonalarda berish tartibi:retseptsiz
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |