Nicola Adams (tugʻ.1982-yil 26-oktabr) – britaniyalik professional bokschi, 51 va 54 kg gacha vazn toifasida, Birlashgan Qirollik terma jamoa aʼzosi. 2012 va 2016-yillarda, ikki karra Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni. 2016-yilda havaskorlar oʻrtasida oʻtgan musoboqalarda Jahon chempioni, Yevropa va Hamdoʻstlik oʻyinlari gʻolibi. Britaniya Imperiyasi ordeni ofitseri.

Biografiyasi

tahrir

1982-yilda Lidsda tugʻilgan. U birinchi boks uchrashuvini 13-yoshida oʻtkazgan. 2003-yilda u birinchi marta havaskorlar oʻrtasida Angliya chempioni boʻldi va ketma-ket uch marta bu nomni himoya qildi. 2007-yilda u Yevropa chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritdi. 2008-yilda u Jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi, ammo keyingi yili u zinapoyadan yiqilish natijasida beli jarohat olganligi sabab vaqtincha sport faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi.

2010-yilda Nicola Adams ringga qaytib, yana jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylandi. 2011-yilda u Yevropa chempioni gʻolibi boʻldi. 2012-yilda u yana Jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi va Londonda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi va ayollar boks boʻyicha birinchi Olimpiada chempioni boʻldi. U har xil yomon odat yaʼni, biseksual boʻlganligi sababli, The Independent gazetasi uni „Buyuk Britaniyadagi eng nufuzli LGBT odami“ deb atagan[1].

2014-yilda Nicola Adams Hamdoʻstlik oʻyinlari chempioni boʻldi. 2015-yilda u Yevropa oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdi.

2017-yil 8-aprel kuni Manchesterda oʻzining birinchi professional jangini oʻtkazdi.

Manbalar

tahrir
  1. „«Olympic heroes top Pink List of Britain’s power gays»“. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-iyun.