Nifedipin manbasi
Sistematik (IUPAC) nomi
3,5-dimethyl 2,6-dimethyl-4-(2-nitrophenyl)-1,4-dihydropyridine-3,5-dicarboxylate
Identifikatorlar
CAS raqami 21829-25-4
ATK kodi C08CA05
PubChem 4485
Kimyoviy maʼlumot
Formulasi C17H18N2O6 
Mol. massasi ?
Farmakokinetik maʼlumot
Biofoydalilik ?
Metabolizm Gastrointestinav, Jigar orqali
Yar. parch. davri 2 soat
Ekskretsiya Buyrak orqali >50%;

Jigar-o`t yo`llari orqali 5-15%

Terapevtik tavsiyalar
Homiladorlik kat.

?

Qonuniy statusi
Qabul qilish ?

Nifedipin (3,5-dimetil 2,6-dimetil-4-(2-nitrofenil)-1,4-dihidropiridin-3,5-dikarboksilat), Adalat va Procardia brendi ostida ishlab chiqariladigan, yuqori qon bosimi, stenokardiya, Raynaud fenomeni va erta tugʻilishni boshqarish uchun ishlatiladigan kalsiy kanallarini blokirovka qiluvchi doridir[1]. Bu preparat Prinzmetal angina uchun tanlangan davolash usullaridan biridir[1]. Homiladorlik paytida yuqori qon bosimini davolash uchun qoʻllanishi mumkin[1]. Bu preparat dipidropiridin tipidagi kalsiy kanallarining blokatoridir[1]. Nifedipin ogʻiz orqali qabul qilinadi[1].

Umumiy nojoʻya taʼsirlariga bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, charchoq hissi, oyoqlarning shishishi, yoʻtal va nafas qisilishi kiradi[1]. Jiddiy nojoʻya taʼsiri qon bosimining tushib ketishi va yurak yetishmovchiligi boʻlishi mumkin[1]. Homiladorlik paytida foydalanish xavfsiz ekanligi haqida taxminiy dalillar mavjud; ammo emizish davrida tavsiya etilmaydi[2].

Nifedipin 1967-yilda patentlangan va 1981-yilda Qoʻshma Shtatlarda foydalanish uchun tasdiqlangan[1][3][4]. U Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining asosiy dorilar roʻyxatiga kiritilgan[5]. 2019-yilda Qoʻshma Shtatlarda eng koʻp buyurilgan dorilar jadvalida 118-oʻrinni egallagan[6][7].

Qoʻllanilishi

tahrir

Yuqori qon bosimi

tahrir

Nifedipin preparati gipertenziya va stenokardiyani uzoq muddatli davolash uchun moʻljallangan. Gipertenziyada soʻnggi klinik tadqiqotlarga asoslanib odatda diuretiklar va APF ingibitorlarini qoʻllash toʻgʻri hisoblanadi, ammo kaltsiy kanali antagonistlari tiazid diuretiklari bilan birga hali ham 55 yoshdan oshgan bemorlar va qora tanlilar uchun asosiy davolash sifatida qoʻllash afzal koʻriladi.

Til ostiga berilagan nifedipin ilgari gipertonik kriz holatlarida qoʻllangan. MAOI ingibitorlarini muntazam ichib yuradigan bemorlarda gipertonik kriz holatiga tushib qolishganda yoki shu holatga taxmin qilinganda nifedipin qoʻllangan[8]. Bu xavfli deb topildi va undan voz kechildi. Nifedipinni til ostiga yuborish periferik vazodilatatsiya orqali gipotenziv taʼsir koʻrsatadi. Bu qon bosimining nazoratsiz pasayishiga varefleksli taxikardiyaga olib kelishi mumkin. Tibbiy adabiyotlarda nifedipinning jiddiy nojoʻya taʼsirlari, jumladan, miya ishemiyasi/infarkti, miokard infarkti, yurakning toʻliq bloklanishi va oʻlim haqida koʻplab maʼlumotlar mavjud. Natijada, 1985-yilda FDA nifedipinning gipertonik kriz holatlarida qoʻllanishining xavfsizligi va samaradorligiga oid barcha maʼlumotlarni koʻrib chiqdi va amaliyotda nifedipindan voz kechish kerak degan xulosaga keldi[9][10]. Istisno holatida nifedipinni orqa miya shikastlanishi oqibatida vegetativ reflekslar buzilgan bemorlarda gipertonik krizda qoʻllanishi qayt etildi[11].

Muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlar

tahrir

Nifedipin tez-tez tokolitik (muddatiga yetmay tugʻilishni oldini oluvchi vosita) sifatida ishlatilgan. Cochrane tekshiruvi shuni koʻrsatdiki, u platseboga nisbatan afzalliklarga ega lekin homiladorlikni uzaytirish uchun davolash effekti yoʻq edi. Bundan tashqari u beta-agonistlarga, atosiban va magniy sulfatga nisbatan ham baʼzi afzalliklarga ega boʻlishi mumkin, ammo atosiban onaga kamroq nojoʻya taʼsir koʻrsatadi[12].

Boshqa kasalliklar

tahrir

Raynaud fenomeni koʻpincha nifedipin bilan davolanadi. 2005-yilgi meta-tahlil uning samaradorliligini koʻrsatdi (hurujlarning oʻgʻirligi 33 % ga kamayishi, haftasiga hurujlar sonining 2,8-5 qisqarishi). Lekin bu tadqiqotlarda nifedipin past dozalarda foydalanilgan degan xulosaga kelindi[13].

Topikal nifedipin mahalliy qoʻllanganda ham nitratlarga oʻxshab anal teshigi yoriqlarida samarali ekanligini koʻrsatdi[14].

Nifedipin, shuningdek, tibbiyotda oʻpka shishini davolash uchun ham ishlatiladi[15].

Nifedipin koronar arteriyalarga tomirlarni kengaytiruvchi taʼsiri tufayli stenokardiyani davolashda asosiy usullarining biridir[1].

 

Nifedipin, shuningdek, buyrak toshlarini davolashda ishlatilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bu buyrak kolikasini bartaraf etishga yordam beradi. Biroq, unga nisbatan alfa blokatorlari (masalan, tamsulosin) sezilarli darajada yaxshiroq deb taʼriflangan[16].

Nojoʻya taʼsirlar

tahrir

Nifedipin qon bosimini tezda pasaytiradi va bemorlar odatda dastlabki bir necha dozani qabul qilgandan soʻng bosh aylanishi yoki hushidan ketishlari mumkinligi haqida ogohlantiriladi. Reaksiya sifatida taxikardiya (tez yurak urishi) paydo boʻlishi mumkin.


Kaltsiy kanallarining blokatori sifatida nifedipin milklar giperplaziyasini keltirib chiqarish xavfiga ega[17].

Dozani oshirib yuborish

tahrir

Nifedipin yuqori dozalarda enteral yoki parenteral qabul qilinganda nifedipindan zaxarlanish belgilari paydo boʻladi. Nojoʻya taʼsirlar orasida letargiya, bradikardiya, sezilarli gipotenziya va ongni yoʻqotish boʻlishi mumkin. Zaharlanish tashxisini tasdiqlash yoki oʻlimdan keyin tibbiy-huquqiy tekshiruvda yordam berishi uchun preparatning miqdorini qon yoki plazmada aniqlanishi mumkin.

Farmakodinamikasi

tahrir

Nifedipin — bu kalsiy kanallarining blokatoridir . Nifedipin va boshqa dipidropiridinlar odatda L tipidagi kalsiy kanaliga xos deb hisoblansa-da, ular boshqa kalsiy kanallariga nisbatan ham oʻziga xos boʻlmagan faollikka ega.[18][19]

Nifedipin qoʻshimcha ravishda mineralokortikoid retseptorlari antagonisti sifatida yoki antimineralokortikoid sifatida taʼsir koʻrsatgani aniqlangan[20].

Nifedipin (dastlab BAY a1040, keyin Adalat) Germaniyaning Bayer farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, dastlabki tadqiqotlarning aksariyati 1970-yillarning boshlarida amalga oshirilgan[21].

Nifedipin va unga oʻxshash kalsiy kanali antagonistlarini qoʻllash 1995-yilda nifedipinni qabul qilgan koronar arteriya kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarda oʻlim koʻrsatkichlarini oshib ketishi bilan tugagan sinovlardan soʻng sezilarli darajada kamaydi[22].

 
Rasmiy hujjat Otto-Bayer mukofoti, 1991 yil
 
Doktor Knut Shauerte maktubi, patent huquqlari Adalat planshetlari, 1987 yil. Manba: Oilaviy arxiv.

„Adalat“ 1980-yilda oʻta nufuzli Prix Galien mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi nemis farmatsevtika kompaniyasi edi[23]. Oʻsha yili Ahmad Xegazi oʻzining ixtirosini (Klaus-Diter Ramsh bilan hamkorlikda) Myunxendagi Germaniya Patent idorasiga nifedipinning qattiq dori shaklini ixtirosini taqdim etdi va „oʻziga xos tashqi qobiq bilan qoplangan nifedipin kristallaridan foydalanish“ patentini oldi[24]. Oʻsha davrda yurak kasalliklarining koʻpayishi bilan — yurak etishmovchiligi Gʻarbiy Germaniyada oʻlimning birinchi sababi boʻlib qolgani uchun[25] yangi dori, Bayerning eng yirik yagona mahsuloti sifatida 1990-yillarda Aspirin ishlab chiqarila boshlandi[26]. 1991-yil 14-oktyabrda Xegazi Otto Bayer medali bilan taqdirlandi. 2020-yilga kelib 528 tadqiqotchi bu mukofotga sazovor boʻlgan[27].

Chiqarilish shakli

tahrir

Brend nomlari

tahrir

Hindistonda Nifedipin JB Chemicals tomonidan ishlab chiqariladi va Nicardia Retard (Nifedipine 10mg) nomlari ostida sotiladi[28].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „Nifedipine“. The American Society of Health-System Pharmacists. 2018-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  2. „Nifedipine Pregnancy and Breastfeeding Warnings“. 2015-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-dekabr.
  3. Sliskovic, Drago R. „Cardiovascular Drugs“, . Drug Discovery: Practices, Processes, and Perspectives Li: . Hoboken, NJ: John Wiley & Sons, 2013 — 141–204-bet. ISBN 9781118354469. „nifedipine...1,4-dihydropyrine originally approved in 1981.“ 
  4. Fischer, Jnos. Analogue-based Drug Discovery (en). John Wiley & Sons, 2006 — 464-bet. ISBN 9783527607495. 
  5. . World Health Organization model list of essential medicines: 21st list 2019. Geneva: World Health Organization, 2019. WHO/MVP/EMP/IAU/2019.06. License: CC BY-NC-SA 3.0 IGO. 
  6. „The Top 300 of 2019“. ClinCalc. Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
  7. „Nifedipine - Drug Usage Statistics“. ClinCalc. Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
  8. „Nifedipine for MAOI Hypertension? Reversing a Previous Recommendation“. Biological Therapies in Psychiatry (1997-yil mart). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-yanvar.
  9. „Should a moratorium be placed on sublingual nifedipine capsules given for hypertensive emergencies and pseudoemergencies?“. JAMA. 276-jild, № 16. 1996. 1328–31-bet. doi:10.1001/jama.276.16.1328. PMID 8861992.
  10. „Clinical review: the management of hypertensive crises“. Critical Care. 7-jild, № 5. October 2003. 374–84-bet. doi:10.1186/cc2351. PMC 270718. PMID 12974970.
  11. Campagnolo. „Autonomic Dysreflexia in Spinal Cord Injury“. eMedicine. Qaraldi: 2011-yil 14-iyul.
  12. „Calcium channel blockers for inhibiting preterm labour and birth“. The Cochrane Database of Systematic Reviews. № 6. June 2014. CD002255-bet. doi:10.1002/14651858.CD002255.pub2. PMC 7144737. PMID 24901312.
  13. „Calcium channel blockers for primary Raynaud's phenomenon: a meta-analysis“. Rheumatology. 44-jild, № 2. February 2005. 145–50-bet. doi:10.1093/rheumatology/keh390. PMID 15546967.
  14. „Topical nifedipine vs. topical glyceryl trinitrate for treatment of chronic anal fissure“. Diseases of the Colon and Rectum. 46-jild, № 6. June 2003. 805–8-bet. doi:10.1007/s10350-004-6660-8. PMID 12794583.
  15. Ali, Mir Omar. „Pulmonary Edema, High-Altitude“. eMedicine (2007-yil 19-sentyabr). 2007-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 25-noyabr.
  16. „Update on medical expulsive therapy for distal ureteral stones: Beyond alpha-blockers“. Canadian Urological Association Journal. 8-jild, № 11–12. November–December 2014. 442–5-bet. doi:10.5489/cuaj.2472. PMC 4277526. PMID 25553160.
  17. „Nifedipine“. NICE. Qaraldi: 2021-yil 1-aprel.
  18. „Nifedipine blocks Ca2+ store refilling through a pathway not involving L-type Ca2+ channels in rabbit arteriolar smooth muscle“. The Journal of Physiology. 532-jild, № Pt 3. May 2001. 609–23-bet. doi:10.1111/j.1469-7793.2001.0609e.x. PMC 2278590. PMID 11313433.
  19. „Regulation and modulation of calcium channels in cardiac, skeletal, and smooth muscle cells“. Physiological Reviews. 74-jild, № 2. April 1994. 365–507-bet. doi:10.1152/physrev.1994.74.2.365. PMID 8171118.
  20. „Is there a new dawn for selective mineralocorticoid receptor antagonism?“. Current Opinion in Nephrology and Hypertension. 23-jild, № 5. September 2014. 456–61-bet. doi:10.1097/MNH.0000000000000051. PMC 4248353. PMID 24992570.
  21. „[Pharmacology of 4-(2'-nitrophenyl)-2,6-dimethyl-1,4-dihydropyridine-3,5-dicarboxylic acid dimethyl ester (Nifedipine, BAY a 1040)]“. Arzneimittel-Forschung (nemischa). 22-jild, № 1. January 1972. 1–14-bet. PMID 4622472. {{cite magazine}}: Invalid |display-authors=6 (yordam)
  22. „Nifedipine. Dose-related increase in mortality in patients with coronary heart disease“. Circulation. 92-jild, № 5. September 1995. 1326–31-bet. doi:10.1161/01.cir.92.5.1326. PMID 7648682.
  23. Lichtlen, P.R.. Adalat: A Comprehensive Review (English). Berlin et al: Springer-Verlag, 1991 — 2-bet. ISBN 3642855008. 
  24. „Adalat Retard Tablet“ (en). tabletwise.net. 2022-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-avgust.
  25. „Herzversagen Todesursache - Sterbefälle Sterbeziffern 1980-1997“. www.gbe-bund.de. Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  26. Bletzer, Silke. Pharma-Unternehmen und Gesundheitsmanagement: Strategische Diversifizierung durch Dienstleistungen (de). Springer-Verlag, 2013-07-02 — 8, footnote 49-bet. ISBN 978-3-322-99515-5. 
  27. Bayer. „The Otto Bayer Medal“. Science Prize for Bayer Employees (2022-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 29-yanvar.
  28. „Nicardia XL“. Medical Dialogues. Qaraldi: 2021-yil 24-fevral.