Nightwish
Nightwish — koʻproq ingliz tilida kuylovchi fin rock-guruhi. Guruh 1996-yili Kitee shahrida tashkil topgan. Nightwish ayol opera vokali va heavy metalning ogʻir atmosferasi qoʻshilgan musiqani yaratishadi. Ularning yoʻnalishini power metal va simfonik metal deb atashadi. Guruhning 5 milliondan ziyod CD, DVD va online materiallari sotilgan.[1]
Yuqoridan soat yoʻnalishi boʻylab: Anette Olzon, Marco Hietala, Emppu Vuorinen, Jukka Nevalainen va Tuomas Holopainen | |
Umumiy maʼlumot | |
Mamlakat | Finlandiya |
Faoliyat yillari | 1996-bugun |
Janr | simfonik metal, power metal |
Leybl |
Spinefarm Nuclear Blast Roadrunner Records NEMS |
Tarkib |
Anette Olzon (2007 - bugun) Tuomas Holopainen (1996 - bugun) Marco Hietala (2001 - bugun) Erno Vuorinen (1996 - bugun) Jukka Nevalainen (1997 - bugun) |
Sobiq aʼzolar |
Tarja Turunen (1996-2005) Sami Vänskä (1998-2001) |
Vebsayt | www.nightwish.com |
Oʻz ona yurtlarida birinchi singldanoq muvaffaqiyatga erishganligiga qaramay, dunyo miqyosida mashhurlik ularga "Century Child" (2002) va "Once" (2004) albomlaridan soʻng keladi. Guruh "Dark Passion Play" nomli albomni 2007-yil 26-sentabrda taqdim etdi. Shu albomdan boʻlgan "Eva" singli 2007-yil 25-mayda chiqarilgan. Yana bir singl "Amaranth" 28-avgustda dunyo yuzini koʻrgan. 2005-yil oxirida guruhni tark etgan guruh vokalchisi Tarja Turunen oʻrnini 2007-yil mayida Anette Olzon egalladi. Guruhning yettinchi studiyaviy albomi Imaginaerum turli mamlakatlarda 2011-yil oxiri, 2012-yil boshida chiqarildi.
Guruh nomi Naytvish, deb oʻqilib, u inglizcha night - "tun" va wish - "istak" soʻzlaridan olingan.
Guruh tarixi
tahrirAngels Fall First (1996—1997)
tahrirNightwish guruhini tashkil qilish fikri Tuomas Holopainenning xayoliga doʻstlari bilan gulxan yoqib sayr qilishganidan keyin keldi. Guruh shundan oz vaqt oʻtib 1996-yilning iyulida tashkil topadi. Holopainen vokalchi sifatida oʻzining tanishi Tarja Turunenni chaqiradi. Uchinchi aʻzo boʻlib guruhga Erno "Emppu" Vuorinen qoʻshiladi.
Avvaliga ularning yoʻnalishi Tuomasning klavishalar, akustik gitara va Tarjaning opera vokali ustidan oʻtkazgan tajribalariga asoslangan edi. 1996-yilning oktabridan dekabrigacha uchchala musiqachi akustik demo albom yozishadi. Albom tarkibiga uch kompozitsiya - "Nightwish", "The Forever Moments" va "Etiäinen"lar kiradi, birinchisining nomi esa guruhning nomi sifatida tanlanadi.
1997-yilning boshida guruhga barabanchi Jukka Nevalainen qoʻshiladi, shuningdek, akustik gitara elektrogitaraga almashtiriladi. Aprelda guruh studiyaga borib yetti qoʻshiqni yozib tugatadi. Oʻsha qoʻshiqlardan uchtasini Tuomas Holopainen vokalda boʻlgan yagona albom - "Angels Fall First"da topish mumkin. "The Metal Observer" kabi koʻpgina manbalar bu albom keyingilaridan juda farq qilishini qayd etadi.
1997-yil 31-dekabrda guruh oʻzining ona shahrida konsert beradi. Navbatdagi qish mavsumida Nightwish faqat yetti martagina sahnaga chiqishadi, chunki Emppu va Jukka armiyada xizmat qilishadi, Tarja esa oʻqish bilan band boʻladi.
Oceanborn / Wishmaster (1998—2000)
tahrir1998-yilning aprelida birinchi videoklip — „The Carpenter“ ustida ish boshlanadi va klip mayning boshlarida tayyor boʻladi. Shu yili Tuomasning eski doʻsti bas gitarachi Sami Vänskä guruh tarkibiga qoʻshiladi. Yoz davomida yangi albom uchun qoʻshiqlar tayyor boʻladi va guruh avgustning boshlarida studiyaga yoʻl oladi. Yozuv ishlari oktabr oxirlarida tugaydi. 13-noyabrda Nightwish Kiteeda konsert beradi. Va shu konsertda „Sacrament of Wilderness“ qoʻshigʻiga videoklip suratga olinadi. Xuddi shunday nomli singl 26-noyabrda chiqariladi. Keyin 7-dekabrda „Oceanborn“ yangi albomi chiqadi.
Bu albom birinchisidan ijro etish texnikasi va lirikasi bilan keskin farq qilardi. Albom yozuv ishlarida Finntroll guruhidan boʻlgan Tapio Wilska ishtirok etadi. Uning vokali „Devil and the Deep Dark Ocean“ va „The Pharaoh Sails to Orion“ kompozitsiyalarida jarang sochadi. „Walking In The Air“ qoʻshigʻi Howard Blake yozgan „The Snowman“ multfilmi saundtrekining kaveridir. Shu albomdan boshlab Nightwish albomlarining muqovalari rassomi boʻlib Markus Mayer faoliyat yuritadi.
Tanqidchilar „Oceanborn“ning muvaffaqiyatiga hayron qolishadi. U Finlandiya albomlarining rasmiy chartida beshinchi oʻringacha koʻtariladi, „Sacrament of Wilderness“ singli esa singllar chartida bir necha hafta mobaynida birinchi raqam ostida ushlanib turadi. 1999-yilning qishida Nightwish koʻp konsertlar berishadi, butun mamlakat boʻylab 3 oy davomida gastrolda boʻladilar. Bahorda „Oceanborn“ Finlandiyadan tashqarida chiqariladi. Mayda guruh yana faoliyatini qayta boshlaydi va deyarli barcha yirik rock-festivallarda chiqib, mamlakat boʻylab ikki yarim oy gastrol safarida boʻladi. Shu paytning oʻzida Olmoniyadagi quyosh botishiga bagʻishlangan „Sleeping Sun“ singli yoziladi. Avgust oyida singl Olmoniyada ham chiqadi, shuningdek, singl tarkibiga „Walking in the Air“, „Swanheart“ va „Angels Fall First“ qoʻshiqlari kiradi. Oʻsha paytning oʻzida „Oceanborn“ albomi va „Sacrament of Wilderness“ singli „Oltin disk“ statusiga ega boʻlgani maʼlum boʻladi. Hamda shu paytda Nightwish Yevropa boʻylab olmon guruhi — Rage bilan turga chiqishi tasdiqlanadi.
„Wishmaster“ yangi albomi mayda chiqariladi, Kiteedan boshlab esa yangi albomni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yangi tur boshlanadi. „Wishmaster“ albomlar chartida birinchi oʻrinni egallaydi va shu pogʻonada uch hafta ushlanib turadi. Shu uch hafta uchun u „Oltin disk“ unvoni sohibiga aylanadi. „Wishmaster“ muxlislar va tanqidchilar tomonidan tan olinadi, 2000-yil uchun „Rock Hard“ jurnalining 6-sonida oy albomi deb ataladi.
„Wishmaster“ shuningdek olmon milliy chartlarida 21-oʻrin va fransuz chartlarida 66-oʻrin bilan debutlaydi. „Wishmaster“ning dunyoviy turi Kiteedan boshlanadi, soʻng avvaliga Finlandiyaning yirik festivallarida davom etadi, keyin esa 2000-yilning iyulida Janubiy Amerikada ham davom etadi. Braziliya, Chili, Argentina, Panama va Meksika boʻylab uch haftalik tur guruhning eng katta tajribalaridan biri boʻlib chiqadi. Shuningdek, guruh Sinergy va Eternal Tears of Sorrow'larning Yevropa turida ishtirok etadi. Noyabrda Nightwish Kanadada ikki konsert beradi.
Over the Hills and Far Away / Century Child (2001—2003)
tahrirNightwish 2000-yil 29-dekabrda Tampereda boʻlib oʻtgan konsertidan olingan videoni DVD va VHSga yozishadi. Yozuvda Sonata Arctica guruhidan boʻlgan Tony Kakko va Tapio Wilska ishtirok etishadi. Material 2001-yil aprelida Finlandiyada chiqadi, yoz davomida esa butun dunyoda ham chiqadi. DVD "From Wishes To Enternity" nomi ostida chiqadi. Taqdimot oxirida Nightwish "Wishmaster" uchun platinaviy va "Deep Silent Complete" uchun oltin disklar bilan taqdirlanadi.
2001-yil martida Nightwish Gary Moore'ning klassik kompozitsiyasi - "Over the Hills and Far Away" qoʻshigʻiga kaver, ikki yangi qoʻshiq hamda "Angels Fall First" albomidan boʻlgan "Astral Romance" qoʻshigʻini yozish uchun studiyada yigʻiladilar. Finlandiyada u 2001-yil iyunda dunyo yuzini koʻradi.
"Over the Hills and Far Away"ning olmon versiyasi (Drakkar) toʻrt chiqarilmagan qoʻshiqqa qoʻshimcha sifatida yana oltita jonli trekni oʻz ichiga oladi. Shundan oz oʻtmay, guruhni bas-gitarachi Sami Vänskä tark etadi va uning oʻrniga Sinergy komandasini tark etib, Marko Hietala keladi. Yangi bas-gitarachi nafaqat oʻzining musiqiy asbobida chaladi, balki xirillagan erkak ovozi bilan kuylaydi ham.
2002-yili guruh "Century Child" albomini va "Ever Drea", "Bless the Child" singllarini chiqaradi. Avvalgi albomdan farq qiluvchi asosiy belgisi koʻp qoʻshiqlarning yozilishida fin orkestri ishtirok etganidir. Bu uni klassik musiqaga yaqinlashtiradi. "Bless The Child" nomli birinchi klipidan soʻng ikkinchi klip - "End of All Hope" suratga olinadi. Unda "Kohtalon Kirja" ("Taqdir Kitobi") fin filmidan kadrlar ishlatilgan.
2003-yilda Nightwish oʻzining ikkinchi DVDsi - "End of Innocence"ni chiqaradi. Shuningdek, 2003-yil yozida Tarja turmushga chiqadi. Shundan soʻng guruh tarqalib ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo boʻladi. Ammo bunga qaramay, guruh sahnaga chiqishni davom etadi va keyingi yili yangi albom yozadi.
Sentabrda tur miqyosida guruh Rossiyaga tashrif buyuradi. Nightwish ikkita konsert beradi, biri Sankt-Peterburgda, "Yubileyniy" Sport Saroyining kichik arenasida, ikkinchisi Moskvada, Gorbunov DKsida.
Once (2004—2005)
tahrir"Once" deb atalgan yangi albom 2004-yil 7-iyunda, shu albomdan boʻlgan „Nemo“ singlidan soʻng chiqadi. Albomning 11 qoʻshigʻidan 9 tasining yozilishida orkestr ishtirok etadi. „Century Child“dan farqli ravishda „Once“ning yozuvida fin orkestri emas, balki Londonning session orkestri ishtirok etadi. Bu orkestr „Uzuklar hukmdori“ filmi uchun saundtrek ijro etgan. Shuningdek, bu toʻliq fin tilida boʻlgan qoʻshiq — „Kuolema Tekee Taiteilijan“ kiritilgan ikkinchi albomdir. „Creek Mary’s Blood“ taronasining yaratilishida Lakota qabilasining hindusi John „Two Hawks“ qatnashadi. U oʻz ona tilida kuylaydi va nayda kuy chaladi.
Quyidagi singllar chiqariladi: „Wish I Had an Angel“ („Alone in the Dark“ filmiga saundtrek), „Kuolema Tekee Taiteilijan“ va „The Siren“. Yangi albom tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olinadi.
Albomning muvaffaqiyati guruhga „Once“ dunyoviy turiga otlanishga imkon beradi, shu jumladan hali hech ham borilmagan mamlakatlarda ham. Ular Helsinkida oʻtkazilgan 2005-yil Atletika boʻyicha Jahon Chempionati ochilish marosimida „Nemo“ qoʻshigʻi bilan qatnashishadi.
2005-yil sentabrida chiqqan „Highest Hopes“ termasi guruhning butun diskografiyasidan yigʻilgan qoʻshiqlardan iborat. U shuningdek, Pink Floydning taronasi „High Hopes“ga yaratilgan kaverni ichiga oladi. Shuningdek, „Oceanborn“ albomidan boʻlgan „Sleeping Sun“ qoʻshigʻiga rimeyk yaratiladi. Bu rimeyk singlga aylanadi va oʻrta asrlardagi jangdan iborat klip suratga olinadi.
End of an Era (2005—2006)
tahrir"End of an Era" yangi konsert DVDsining yozuvidan soʻng guruh qatnashchilari faoliyatini Tarja Turunensiz davom ettirishga qaror qiladilar va unga bu haqda ochiq xat orqali xabar beradilar. Xatda ular Tarjaga, uning eri Marcelo Cabuli va tijorat qiziqishlari Nightwishdan uzoqlashtirib yuborganligi uni guruh hayotida ishtirok etishni istamaslikda va muxlislarga nisbatan mensimaslikda ayblashadi. Tuomas Holopaynen xatni dunyo boʻylab tur muvaffaqiyatli tugaganida, 2005-yil 21-oktabr Helsinki Hartwall Areenadagi yakuniy konsertdan soʻng beradi. Ochiq xat keyinchalik guruhning rasmiy saytida omma diqqatiga tortiladi.
Tarja kutilmagan voqeaga tayyor boʻlmaydi va shokka tushadi. U bu xat haqida oldindan bilmagan edi va bu juda shafqatsiz boʻlganini aytadi. Tarja muxlislariga javob xatini yozadi va oʻzining saytiga qoʻyadi.[2] Shuningdek u koʻpchilik telekanallar, jurnal va gazetalarga bu voqeaga boʻlgan munosabati haqida intervular beradi.
"Dark Passion Play" (2007—2009)
tahrirGuruhning "Dark Passion Play" deb nomlangan oltinchi studiyaviy albomi 2006- va 2007-yillarda dovul, gitara, bas gitara va demo klavishlar va Abbey Road Studios’da yozilgan orkestr musiqasi bilan tayyorlandi. Keyinroq bularga sintezator va vokallar qoʻshildi.
Nightwish 2006-17-martidan eʼtiboran guruhdagi boʻsh vokalist joyi bilan qiziqqanlarning ovozlarini tinglab koʻrdi. 2007-yil 24-may kuni ularning internet-sayti sobiq Alyson Avenue vokalisti, 35 yoshli shved Anette Olzonning yangi vokalist boʻlishi haqida xabar berdi.
25-may kuni "Eva" nomli xayriya singli internetga chiqarildi. Oradan uch oy oʻtib, 22-avgustda Finlandiyada ikkinchi singl, "Amaranth" chiqarildi. Bu singl ikki kun ichida oltin disk darajasiga erishdi.
“Eva” va “Amaranth” ortidan “Erämaan Viimeinen” va “Bye Bye Beautiful” singllari omma eʼtiboriga havola etildi. Beshinchi singl, “The Islander”, 2008-yilning 21-mayida chiqarildi.
2008-yil 3-martidada Metal Storm Mukofotlarida Nightwish bir ovoz farqi bilan “Eng Yaxshi Power Metal Albomi” mukofotini qoʻldan boy berdi (uni “Ghost Opera” albomi bilan Kamelot oldi). Biroq bu marosimda Nightwish “Eng Katta Surpriz” mukofotiga loyiq koʻrildi.[3]
Guruh 2009-yil mart oyida "Made In Hong Kong (And In Various Other Places)" nomli mini-albom nashr ettirdi. Bu mini-albomda Dark Passion Play 2007—2008 jahon turnesi asnosida yozilgan sakkiz jonli ijro, "Bye Bye Beautiful" singlining b-tarafi, "Cadence Of Her Last Breath" nomli ashula va "Back In The Day… Is Now" nomli 37 daqiqalik hujjatli film mavjud.
Musiqa
tahrirTaʼsir
tahrirNightwish matnlari va musiqasining muallifi Tuomas aytadiki u ilhomni mutlaq har xil musiqiy yoʻnalishlardan oladi: heavy metal, klassika, folklor va filmlarga saundtreklardan. Guruhning koʻpgina kompozitsiyalarida folk-unsurlar mavjud. Ularning musiqasiga, ayniqsa „Oceanborn“ va „Wishmaster“ albomlarida Stratovarius kabi power-metal kollektivlarning ijodi taʼsir qilgan. „Century Child“ va „Once“ albomlarida musiqachilar simfonik orkestr bilan birgalikda ijod qilib, klassik musiqaning jarangi va metalni umumlashtirmoqchi boʻladilar. Bunday tajribalar koʻpchilik mashhur guruhlarga xos, jumladan Deep Purple, Rage, Metallica hamda Nightwishga taʼsirini oʻtkazgan shved simfo-metal guruhi Therionga. Filmlardan musiqani taʼsiriga misol qilib, „Century Child“ albomidan „Beauty of the Beast“ va „Once“ albomidan „Ghost Love Score“ kompozitsiyalarini olsa boʻladi. Nightwish qoʻshiqlarining lirikasiga fentezi uslubidagi kitob va filmlar taʼsir koʻrsatgan.
Va shu paytning oʻzida Nightwish boshqa guruhlarga ham taʼsir qiladi. Epica guruhining vokalchisi Simone Simons qoʻshiq aytishni „Oceanborn“ albomini eshitganidan soʻng boshlaganini aytadi, After Foreverdan boʻlgan Sander Gommans Nightwish ularning yaratayotgan musiqasiga taʼsir qilishini aytdi. Visions of Atlantisning sobiq vokalchisi Nightwish ularni birinchi albom yozishligiga ilhom berganini aytadi.
Musiqiy yoʻnalish
tahrirNightwish musiqiy yoʻnalishining aniq nomi muhokama qilinadi. Taxminan u simfo-metal, power metal va gotik metallarning chegarasida joylashgan.
Nightwish uslubining farqli xususiyati bu vokalchining kuchli operaviy ovozi va ogʻir gitara rifflarining qoʻshilishidir. Shuningdek, kompozitsiyalarda Amorphis kabi guruhlarga xos folklor unsurlari ishlatiladi. Bularning hammasi pompez klavishaviy musiqa bilan toʻldiriladi.
Bir necha uslublarning qoʻshilishi tufayli guruh ijodini qaysi janrga kiritish haqida koʻp fikrlar mavjud. Obroʻli The Metal Crypt portali uni power-metal yoki Rhapsody of Fire tomonidan yaratilgan „simfo-power-metal“ deb aniqlaydi. EOL Audio esa ularning stilini „operaviy metal“ deb aniqlaydi.
Bastakorning oʻzi va sheʼrlar muallifi Tuomas Holopainen bir marta ularning musiqasini „ayol vokalli melodik heavy metal“ deb atagan:
"Aytishim mumkinki, biz ayol vokalli melodik heavy metal ijro etamiz. Bu men tasavvur qilishim mumkin boʻlgan eng oddiy narsa. Biz — metal guruh, biz melodik metal ijro etamiz, bizda vokalda ayol, shunisi yetadi."
Guruh ishtirokchilari
tahrirDiskografiya
tahrir
Guruh albomlaritahrir
Singllar va mini-albomlartahrir
Termalartahrir
DVDtahrir
|
Videokliplartahrir
KaverlartahrirFaqat jonli ijro etilganlartahrir
Albomlar tarkibidatahrir
|
Manbalar
tahrir- ↑ Nightwish.com - Biography, 2009-02-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-04-13
- ↑ "Tarja Turunen Letter to the band, fans and media", MetalYou.com
- ↑ „Metalstorm.ee“. 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-aprel.
Havolalar
tahrir- Guruhning rasmiy sayti
- Tarja Turunenning rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2013-05-20 sanasida arxivlangan)
- Drakkar portalida guruhning sahifasi
- Roadrunner Records portalida guruhning sahifasi(Wayback Machine saytida 2011-09-02 sanasida arxivlangan)
- Spinefarm Records portalida guruhning sahifasi(Wayback Machine saytida 2011-05-27 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2011-05-27 sanasida arxivlangan)
- Nightwish Last.fmda
- Nightwish Discogsda
- Nightwish Encyclopaedia Metallumda
- Nightwish MusicalDB portalida (Wayback Machine saytida 2006-11-19 sanasida arxivlangan)
- Jon "Two-Hawks"ning rasmiy sayti
Wikimedia Commonsda Nightwish mavzusiga oid fayllar bor. |
Nightwish |
Guruh tarkibi |
---|
Anette Olzon (2007-) • Tuomas Holopainen (1996-) • Marco Hietala (2001-) • Emppu Vuorinen (1996-) • Jukka Nevalainen (1997-) Sobiq aʼzolar: Tarja Turunen (1996–2005) • Sami Vänskä (1998–2001) |
Diskografiya |
Studiyaviy albomlari: Angels Fall First · Oceanborn · Wishmaster · Over the Hills and Far Away · Century Child · Once · Dark Passion Play · Imaginaerum · Endless Forms Most Beautiful · Human. :II: Nature. |
Termalar: Wishmastour 2000 · Tales from the Elvenpath · Bestwishes · Highest Hopes |
Videorelizlar |
From Wishes to Eternity · End of Innocence · End of an Era · Made in Hong Kong (And in Various Other Places) |
Shuningdek |
Mavzular va aloqador guruhlar: Simfonik metal · Tarot · Brother Firetribe · Sethian · For My Pain... · Northern Kings · Kotiteollisuus · Timo Rautiainen · Alyson Avenue · Altaria · Barilari · Sinergy |